1. otJuda go‘zal, zebo, qaddi-qomati kelishgan ayol; nozanin.
Ko‘zim nuri, latofatli na xush ozoda jononsan, Nechuk ham yaxshi jononsan, mening jismim aro jonsan.
Habibiy
2. sft.Juda yaxshi, go‘zal, shirin, yoqimtoy; o‘ynoqi; a’lo.
Jonon yigit.◆Shahrimiz ko‘rkidir jonon bolalar.
G‘. G‘ulom
3. Yaqin kishilarga murojaatda hurmat yoki kesatiq ma’nosini, begonalarga nisbatan esa xushomadni bildiradi.
— Jonon, — dedi u, xotinining boshini silab.
A. Qahhor, Sarob
4. Jonon (xotin-qizlar ismi).