Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jonlanish}
So‘z bo‘g‘inlari: jon-la-nish
Izoh(lar)i:
jonlanish [jon-la-nish ]

1. Hayot belgilarini ko‘rsatmoq; tetiklanmoq, bardam bo‘lib qolmoq; tirilmoq. Bahor — tabiat jonlanadigan fasl. Kunlar ancha uzayib qoldi, havoning harorati kun sayin ko‘tarilib, borliq mavjudot jonlana boshladi. Gazetadan

2. Yengil tortib, harakatga, jo‘shga kelmoq; ruhi ko‘tarilmoq, ruhlanmoq. Kumush seskanib o‘ziga keldi. Hushdan ajralayozgan bechoralar [qutidor, Oftob oyim] bu holdan so‘ng bir oz jonlangandek bo‘ldilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Gavjum, serfayz bo‘lmoq. Kunduz soat birlardan keyin to‘yxona jonlanib qoldi. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari

4. Ravnaq, rivoj topmoq, yuksalmoq, olg‘a bosmoq. Jo‘raxon rahbarligida havaskorlik to‘garaklari, sport ishlari jonlandi Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

5. Qizg‘in tus olmoq, qizimoq. Suhbat jonlandi. gazetadan

6. Namoyon bo‘lmoq, gavdalanmoq. Kasal cholning sarg‘ayib ketgan yuzi, mushtdekkina gavdasi Sherzodning ko‘z o‘ngida tag‘in jonlandi. O‘. Hoshimov, Nur borki, soya bor.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Jonlanish – rivojlanish – uyg‘onish
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.