1. Tabiatdagi hamma jonli narsalar; jon egasi; mavjudot (o‘simlikdan tashqari).
Qishloqda birorta qimir etgan jonivor ko‘rinmaydi.
T. Rustamov, Mangu jasorat
2. Narsa, o‘simlik, hayvon va shu kabilarga nisbatan erkalash ma’nosida yoki “bechora”, boyoqish, sho‘rlik kabi ma’nolarda ishlatiladi.
Og‘ayni, bu osh degan jonivor kuyib ketmadimi!?
Sh. Rashidov, G‘oliblar
3. ko‘chmaHayvon, maxluq.
— Qori Ibod deganing ahmoq bir jonivor ekan, — dedi Qurbon devona.
S. Ayniy, Jallodlar