Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jonim} {tasadduq}
So‘z bo‘g‘inlari: jo-nim ta-sad-duq
Izoh(lar)i:
jonim [jo-nim ]

1. Diniy-ibtidoiy tasavvurlarga ko‘ra, inson va hayvon tanasida bo‘ladigan, uyqu chog‘ida (vaqtincha) yoki o‘lgan vaqtda tanadan chiqib ketadigan alohida ko‘zga ko‘rinmas ilohiy kuch, quvvat; ruh. Jon bor joyda qazo bor. Maqol

2. Sezuvchi, his etuvchi tan, badan. G‘ulomjon ayvonda otasi bilan turar, stollarning qarsillatib sindirilayotganini eshitib, xuddi o‘z qovurg‘alari sindirilayotgandek, joni og‘rir edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Hayot; hayot-mamot; tiriklik. Kemaga tushganning joni bir. Maqol

4. Kishi, odam. Hamma ishni to‘xtatib, qimirlagan jonni terimga solar ekanmiz. N. Safarov, Hayot maktabi

5. Bir qator aniqlovchilar bilan qo‘llanib, bosh, jussa ma’nolarini ifodalaydi. Qiz joning bilan qayergacha borolarding? I. Rahim, Chin muhabbat

6. Kuch, quvvat, mador. Joni boricha ikki qo‘lidagi etik bilan eshikni qamchiladi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

7. Yaxshi ko‘radigan, sevimli, yoqimli kishi yoki narsa haqida. Olma —uning joni. Jon do‘sting jonidan kechsa ham, mol do‘sting molidan kechmas. Maqol

8. Eng yaqin, sevikli kishilarga murojaatda so‘zlovchining ularga yaqin munosabatini ifodalaydi, begonalarga nisbatan esa hurmat yoki xushomadni bildiradi. Jonim, dedim qulog‘iga, ohista, jon, dedi. Qo‘shiqlar

9. “Opasi”, “akasi”, otasi va shu kabilar so‘zlar bilan, ba’zan yolg‘iz jonidan shaklida so‘zlovchining tinglovchiga yaqin munosabatini, erkalash yoki xushomad ma’nolarini ifodalaydi. — Opasi jonidan, dutoringizni chaling tuzukroq, — dedi u [Malikaxon] Adolatga qarab,— o‘yin-kulgiga tashna bo‘lib yotganmiz. S. Zunnunova, Gulxan

10. Hayot manbai, hayot bag‘ishlovchi narsa haqida. Issiq — paxtaning joni degan maqol ham bejiz aytilmagan. Sh. Rashidov, G‘oliblar

11. Biror ish, soha yoki doirada asosiy, muhim o‘rin egallovchi, ilhomlantiruvchi, tashkilotchi shaxs. Jo‘ralarining joni. Davraning joni. Maktabning joni. gazetadan

12. Murojaat qilinayotgan shaxsni bildiruvchi so‘zdan oldin kelib, murojaatdagi iltimos, iltijo ma’nosini kuchaytiradi, ba’zan erkalash ma’nosini bildiradi. — Urmang otamni! Jon amaki, urmang! — deb zor yig‘lay boshladi bolalar. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

13. Shaxs bildiruvchi so‘zlarga, kishilar otiga qo‘shilib, ularga kichraytish-erkalash, hurmat ma’nosini beradi, masalan, onajon, buvijon, xolajon, akajon, domlajon;

14. kesim vzf.Shukur. Ofitserning shu ketishi bo‘lsa, shtabga yetib borsa ham jon. A. Qahhor, Oltin yulduz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. jonim tasadduq: Jonim sadaqa, qurbon bo‘lay, jonim fido bo‘lsin.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.