1. bezori jon qildi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi qildi
2. bir jon-bir tan bo‘ldi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi
3. jon berdi: o‘ldi
4. jon berib, jon oldi: taslim bo‘lmadi, o‘zini yengilgan deb hisoblamadi
5. jon berildi: barhayot qilindi
6. jon bermaslik: taslim bo‘lmaslik, o‘zini yengilgan deb hisoblamaslik
7. jon bor: asosga ega, zamirida haqiqat bor, bejiz emas
8. jon chekmoq: astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.
9. jon deb: mamnuniyat bilan
10. jon dedi: xursand bo‘ldi
11. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan
12. jon- joniga tegdi: o‘ta darajada bezor qildi
13. jon kirdi: 1)tetiklashdi, jonlandi 2)hayotga qaytdi, tirildi
14. jon kirdi: yayradi, rohatlandi
15. jon koshki edi: xursand bo‘lar edim-a!
16. jon olib, jon berdi: o‘z jonini ham ayamasdan og‘ir va mashaqqatli kurash olib bordi
17. jon oluvchi: 1)o‘ldiruvchi 2)ruhan juda qattiq ezib yuboruvchi
18. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.
19. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.
20. jon tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi
21. joni achiydi: 1)ayab kuyindi 2)achinib kuyindi
22. joni bo‘g‘ziga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi
23. joni bor: hali tirik
24. joni chiqdi I: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi
25. joni chiqdi II: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi
26. joni chiqdi III: nihoyatda qattiq qo‘rqdi
27. joni halqumiga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi
28. joni hilqildog‘ga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi
29. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish
30. joni kuydi: ruhan kuchli bezovtalangani holda g‘amxo‘r bo‘ldi
31. joni tomog‘iga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi
32. joni uzildi: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi
33. jonidan bezor bo‘ldi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi
34. jonidan to‘ydi: 1)yashashni istamadi 2)ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi
35. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi
36. joniga aro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi
37. joniga oro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi
38. joniga tegdi: 1)bezor qildi 2)bezor bo‘lib zerikdi
39. jonim tasadduq: Jonim sadaqa, qurbon bo‘lay, jonim fido bo‘lsin.
40. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi
41. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi
42. jonini fido qildi: o‘zini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ldi
43. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi
44. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
45. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi
46. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda
47. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib
48. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi
49. jonini tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi
50. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib
51. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi
52. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi
53. jon-poni chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi
54. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi
55. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor
56. tirik jon: Yashab turgan inson haqida, unga nisbatan qo‘llanadi