Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jodugar}
So‘z bo‘g‘inlari: jo-du-gar
Izoh(lar)i:
jodugar [jo-du-gar ]

1. Sehr qiluvchi; sehrgar, afsungar. Nima balo, jodugarmisiz, ota? Bizning ichimizdagi gaplarni qayoqdan bilasiz-a? [dedi Musa] P. Tursun, O‘qituvchi

2. Ko‘chma O‘taketgan ayyor, makkor, hiylagar. Matqovul jodugar turmushga tashlagan birinchi qadamidayoq qulog‘idan qarzga botdi-yu, shu-shu o‘nglanolmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: afsungar [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.