Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jo}
So‘z bo‘g‘inlari: jo
Izoh(lar)i:
jo ys

1.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘anijon Abdurahmonov 1925- yil 3- dekabrda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. U tilshunos olim sifatida o‘zbek tili tarixi, o‘zbek tili fonetikasi, morfologiyasi, sintaksisi, tilning badiiy-estetik vazifasi, shuningdek, tilshunoslikning umumiy masalalari doirasida barakali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, «Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‘laklari» (1956), «Qo‘shma gap» (1957), «Qo‘shma gap sintaksisi asoslari» (1958), «Qo‘shma gap sintaksisi» (1964), «O‘zbek adabiy tilining uslubiy normalari» (1973), akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Alisher Navoiy asarlarining grammatik xususiyatlari» asarlari alohida ahamiyatga ega.

Akademik G‘.Abdurahmonov oliy va o‘rta ta’lim bo‘g‘inlarida filologiya ta’limini yuksaltirish sohasida tinimsiz mehnat qilmoqda. Jumladan, akademik A.Rustamov bilan hamkorlikda yozilgan «Qadimgi turkiy til» (1982), Sh.Shukurov bilan hamkorlikda yozilgan «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi» (1973) kabi qator asarlari bilan o‘zbek ilmiy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi uchun xizmat qildi. Uning tahriri ostida o‘zbek tilining ikki tomli akademik grammatikasi («O‘zbek tili grammatikasi» (2 tomli, 1975–76)) yaratildi. X–XI sinflar uchun yozilgan ona tili dasturi va darsligi ko‘p yillardan buyon yosh avlodga til haqida bilim berishga xizmat qilib kelmoqda.

Hijo arabcha “bo‘g‘in” demakdir. Lekin bo‘g‘in hijo tushunchasiga har doim ham to‘g‘ri kelmaydi. She’rdagi so‘zning bir nafas zarbi bilan talaffuz etiladigan qismi, ya’ni she’r o‘lchovidagi dastlabgi ritmik birlik – hijo. Hijo ba’zan bo‘g‘indan farqli o‘laroq undosh tovushning o‘zidan ham tuzilishi mumkin.

Vasl bog‘i ichra sendek shohi zolim ko‘rmadim,

Ishq kuyida o‘zimdek notavone topmadim(Navoiy)

baytidagi vasl, ishq so‘zidagi l va qundoshi mustaqil hijoni tashkil etadi. (q. Bo‘g‘in).

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.Qodirov 1941- yilning 22- oktabrida Farg‘ona vilovatining Buvayda tumanida tavallud topgan. Olimning ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiy tili tarixini, xususan, Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi.

M.Qodirov oliy o‘quv yurtlari va umumta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Ona tili” fani ta’lim mazmuni va usulini yangilash ishida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, olim 5-9 sinflar “Ona tili” fanining mustaqillik ruhiga mos, yangilangan o‘quv dasturini yaratishda (1999, 2004, 2009) qatnashdi. Professorlar H.Ne’matov, A.G‘ulomov, R.Sayfullayevalar bilan hamkorlikda 5-, 6-, 7- sinflar uchun (2000-2004), 8- sinf uchun (2006) yaratgan darsliklari yosh avlodga til haqida bilimva nutqiy ko‘nikmalar berishga xizmat qilib kelmoqda. Shuningdek, u oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun “Ozbek tilini o‘qitish metodikasi” (200), “Ona tili o‘qitish metodikasi” (hamkor, 2001), “Til ta’limida milliy istiqlol g‘oyasi” (2003) qo‘llanmalarini tuzgan.

M.Qodirovning o‘zbek adabiy tili me’’yorlari va nutq madaniyati, yozma savodxonlik, mumtoz adabiyot vakillarining o‘zbek adabiy tiliga qo‘shgan muhim hissasi va boshqa masalalar bo‘yicha yozgan maqolalari respublikamizning madaniy va ma’naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shib kelmoqda.   

 

1. aytgan joyidan kesmoq: Aytganini, albatta, amalga oshirtiradi, aytganini bajartiradi.

2. bajo keltirdi: bajardi, o‘rinlatdi

3. bandalikni bajo keltirmoq: vafot etmoq, qazo qilmoq, o‘lmoq

4. bezori jon qildi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi qildi

5. bir jon-bir tan bo‘ldi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi

6. boshlarini bir joyga qovushtirdi: 1) hamjihat bo‘lib birlashtirdi 2) oila qurdirdi

7. gapi bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

8. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi

9. iltijo qilmoq: yolvorib (sig‘inib) so‘ramoq

10. jon berdi: o‘ldi

11. jon berib, jon oldi: taslim bo‘lmadi, o‘zini yengilgan deb hisoblamadi

12. jon berildi: barhayot qilindi

13. jon bermaslik: taslim bo‘lmaslik, o‘zini yengilgan deb hisoblamaslik

14. jon bor: asosga ega, zamirida haqiqat bor, bejiz emas

15. jon chekmoq: astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.

16. jon deb: mamnuniyat bilan

17. jon dedi: xursand bo‘ldi

18. jon holatda: qo‘rqqani holda va shiddat bilan

19. jon- joniga tegdi: o‘ta darajada bezor qildi

20. jon kirdi: yayradi, rohatlandi

21. jon kirdi: 1)tetiklashdi, jonlandi 2)hayotga qaytdi, tirildi

22. jon koshki edi: xursand bo‘lar edim-a!

23. jon olib, jon berdi: o‘z jonini ham ayamasdan og‘ir va mashaqqatli kurash olib bordi

24. jon oluvchi: 1)o‘ldiruvchi 2)ruhan juda qattiq ezib yuboruvchi

25. jon taslim qilmoq: jon bermoq. joni uzilmoq; o‘lmoq.

26. jon teriga tushmoq: 1.qattiq tirishmoq, bor kuchini sarflamoq. Jon teriga tushib ishlamoq; 2.qattiq azoblanmoq, azobning, og‘riqning zo‘rligidan majolsizlanmoq, holdan toymoq.

27. jon tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi

28. joni achiydi: 1)ayab kuyindi 2)achinib kuyindi

29. joni bo‘g‘ziga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

30. joni bor: hali tirik

31. joni chiqdi I: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi

32. joni chiqdi II: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi

33. joni chiqdi III: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

34. joni halqumiga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

35. joni hilqildog‘ga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi 3) nihoyatda qattiq qo‘rqdi

36. joni holiga qo‘ymaslik: 1)tinchlik bermaslik 2)xohishiga zid holda majbur qilish

37. joni kuydi: ruhan kuchli bezovtalangani holda g‘amxo‘r bo‘ldi

38. joni tomog‘iga keldi: 1) o‘lar holatga yetdi 2) chidami tugab, yashashdan ham bezor bo‘lib ketdi

39. joni uzildi: o‘ldi, so‘nggi marta nafas chiqardi

40. jonidan bezor bo‘ldi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

41. jonidan to‘ydi: 1)yashashni istamadi 2)ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi

42. jonidan umidini uzdi: o‘lishga iqror bo‘ldi

43. joniga aro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

44. joniga oro kirdi: 1)bir o‘limdan qutqarib qoldi 2)og‘ir ahvoldan qutqardi

45. joniga tegdi: 1)bezor qildi 2)bezor bo‘lib zerikdi

46. jonim tasadduq: Jonim sadaqa, qurbon bo‘lay, jonim fido bo‘lsin.

47. jonini berdi: har qanday og‘ir shartni, talabni bajarishga tayyor bo‘ldi

48. jonini chiqardi: nihoyatda qattiq g‘azablandi, darg‘azab bo‘ldi

49. jonini fido qildi: o‘zini qurbon qilishga ham tayyor bo‘ldi

50. jonini ham ayamadi: 1) biror maqsad yo‘lida o‘lishga ham tayyor bo‘ldi 2) bisotida bor hamma narsasini berishga tayyor bo‘ldi

51. jonini hovuchlab: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

52. jonini jabborga berdi: bor kuchini safarbar qildi

53. jonini kaftiga olib: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

54. jonini kuydirib: mashaqqatni o‘z oldiga olgan holda, tirishib

55. jonini oldi: 1)o‘ldirdi 2)ruhan juda qattiq ezib yubordi 3) jismonan juda qattiq ezib yubordi

56. jonini tikdi: butun kuch va imkoniyati, hatto hayotini bag‘ishladi

57. jonining boricha: kuch -quvvati yetganicha, tirishib

58. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1)jismonan va alamli ta’sir qildi, qaqshatdi

59. jon-jonidan o‘tib ketdi: 1) jismiga chuqur ta’sir qildi 2) ruhiga chuqur ta’sir qildi

60. jon-poni chiqib ketdi: nihoyatda qattiq qo‘rqdi

61. jon-u holiga qo‘ymaydi: tinchlik bermaydi

62. joyiga keltirdi: o‘rinlatdi

63. joyiga qo‘ydi: bajardi, o‘rinlatdi

64. ko‘ngli joyiga tushdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

65. ko‘nglini joyiga tushirdi: xotirjam bo‘ldi, tinchlandi

66. o‘tirgani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

67. o‘tqazgani joy topa olmaydi: o‘ta darajada ardoqlandi, parvona bo‘ldi

68. o‘zini qo‘ygani joy topa olmaydi: kuchli hayajonlangan holda toqatsizlandi

69. pichingida ham jon bor: pichingida ham jon bor

70. so‘zlari bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

71. tirik jon: Yashab turgan inson haqida, unga nisbatan qo‘llanadi

72. tuya cho‘ksa, joy topar: O‘tiruvchilar tig‘iz, zich bo‘lgan holatlarda yana boshqa kimsa o‘tirishni xohlasa, joy topilishini, sig‘ishini qayd etuvchi ibora

73. xo‘roz hamma joyda bir xil qichqiradi: Hamma joyda ahvol birday, degan ma’noli ibora

74. zuvalasini bir joydan olmoq: har jihatdan bir-biriga o‘xshash odamlar haqida.

1. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)

2. Aqlsiz – beaql – bexirad – nodon – johil
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

3. Azza-bazza – ataylab – atay – atayin – qasddan – jo‘rttaga
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

5. Bor – jo‘na – yo‘qol – yo‘qolib ket – daf bo‘l – qorangni o‘chir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgidagi salbiylikning ortib borishiga ko‘ra )

6. Hijo – rukn – bahr
Ma’nosiga ko‘ra
(miqdor-darajasining oshishiga ko‘ra)

7. Iltimos – iltijo – o‘tinch – zor – tavallo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

8. Jo‘n – sodda – murakkab
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib tuzilishining darajasiga ko‘ra)

9. Jo‘yak – ariq – kanal – soy – daryo – dengiz
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining ortib borishiga ko‘ra)

10. Jonlanish – rivojlanish – uyg‘onish
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng ifodalashiga ko‘ra)

11. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

12. O‘rtoq – do‘st – og‘ayni – oshna – jo‘ra – ulfat – birodar – hamdam – tomir
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

13. Oriq – qiltiriq – dirdov – ramaqijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

14. Qiziq – ajoyib – alomat – antiqa – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

15. Tuzuk – durust – yaxshi – ajoyib – ajib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.