Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jiz}
So‘z bo‘g‘inlari: jiz
Izoh(lar)i:
jiz [jiz ]

1. Jon achitadigan, lovullatadigan bexos og‘riq haqida. Bu gapdan Nusratillaning tani jiz etib ketdi, Turdimat cho‘talni yeb tashlaguday qarab, ko‘nglidagini bildirib qo‘ydi .A. Muxtor, Opa-singillar.

2. Sevib qolmoq. To‘lqinjon Hurini birinchi ko‘rgan kuniyoq yuragi jiz etgan edi. F. Musajon, Huri;

3. Achinmoq, xafa bo‘lmoq. Ertalab Rayimberdi tog‘a keldi. U Ikromning bir oyog‘i yo‘qligini ko‘rib, yuragi jiz etib ketdi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. jiz I Taqlid so‘zlar
achitadigan og‘riq

2. jiz II Ot
yog‘iga qovurilgan go‘sht

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Asabiy – tajang – jizzaki
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

2. Boyaqish – bechora – sho‘rlik – notavon – ojiz – aftoda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(achinish belgisining kuchliligiga ko‘ra )

3. Ko‘r – basir – so‘qir – ojiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

4. Kuchsiz – kamquvvat – zaif – nimjon – ojiz notavon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: jiz
Izoh: Ovqat turi; qovurma go‘sht. Misol: Jizga nihoyatda usta ko‘rinasiz.

jiz