Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jips}
So‘z bo‘g‘inlari: jips
Izoh(lar)i:
jips [jips ]

1. rvsh.Orasida joy, tirqish bo‘lmagan, tirqishsiz, zich. Jips yopilmay turgan eshiklarning ikki qanoti orasidan sovuq qorning zaharli izg‘irini kirib, uylarning tokchalarini aylanmoqqa, uning sovuq huv-huvlari ship oralaridan eshitilmoqqa boshladi. Cho‘lpon, Kecha va kunduz

2. Bir jon, bir tan bo‘lib birlashgan, birdam. Tinchlik uchun kurashuvchilarning jips safi o‘smoqda. Jamoa bilan jips bog‘lanmoq. gazetadan

3. ko‘chmaYaqin, yaqinlashib; yonma-yon. Jo‘ra boboning to‘rig‘i uloqqa jipsroq chopdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.