Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jins}
So‘z bo‘g‘inlari: jins
Izoh(lar)i:
jins [jins ]

1. biol.Jonli organizmlarning biologik va jismoniy xususiyatlariga ko‘ra ikki (erkak va urg‘ochi) turidan biri. Bo‘lajak farzand jinsining o‘g‘il yoki qiz bo‘lishi otadagi urug‘ hujayrasi tarkibida bo‘ladigan ikki xil xromosomaga bog‘liq. Gazetadan

2. Tur, nav, xil. Baron fon Ring, albatta, eshak emas, balki oriy jinsdan bo‘lgan bir zot. A. Qahhor, Baron fon Ring.

3. Ijtimoiy guruh, tabaqa. — Ota, bu singlim,— tabassum bilan dedi Yo‘lchi. — Boynikida yashashini ma’qul ko‘rmadim. — Yaxshi qilibsan: Kabutar bo kabutar, jins bo jins. To‘g‘ri, ular qarindoshing. Lekin ular seni o‘z jinsiga qo‘shmaydi. Ular pul jinsidan. Oybek, Tanlangan asarlar

4. geol.Yer qobig‘ining ma’lum qatlamini hosil qilgan mineral. Nurotadan Tomdibuloqqacha cho‘zilgan tog‘lardagi tog‘ jinslarini o‘rganib, u joylarning geologik xaritasini tuzdi. S. Anorboyev, O‘zbekiston oltini

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.