1. rvsh.Ovoz, tovush chiqarmay, indamay, ovozsiz, tovushsiz, sukut saqlab, sukunatda.
Ota-bola anchagina jim bordi. O‘rtaga og‘ir sukunat tushdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. Qimirlamay, qimir etmay, harakatsiz, tek.
Omon bo‘ling-ye, rais aka tiyinigacha to‘g‘rilab daftardan o‘tkazdik-ku? Biroq o‘zingiz, jim yotgan ilonning boshini qo‘zg‘ab, yaxshi qilmadingiz.
S. Anorboyev, Oqsoy
3. und. s. vzf.Ovozingni o‘chir, tovushingni chiqarma, tinchlan.
— Jim, jim— dedi Qumri yarim tovush bilan. — Gulshan biznikiga uxlagani kelgan ekan.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon