Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jim}
So‘z bo‘g‘inlari: jim
Izoh(lar)i:
jim [jim ]

1. rvsh.Ovoz, tovush chiqarmay, indamay, ovozsiz, tovushsiz, sukut saqlab, sukunatda. — Saidg‘ozi, sen gapirganda, Sherbek jim o‘tirgan edi, — kimdir luqma tashladi. S. Anorboyev, Oqsoy

2. Qimirlamay, qimir etmay, harakatsiz, tek. Omon bo‘ling-ye, rais aka tiyinigacha to‘g‘rilab daftardan o‘tkazdik-ku? Biroq o‘zingiz, jim yotgan ilonning boshini qo‘zg‘ab, yaxshi qilmadingiz. S. Anorboyev, Oqsoy

3. und. s. vzf.Ovozingni o‘chir, tovushingni chiqarma, tinchlan. — Jim!— mushtini ko‘tardi Yormat. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Aljimoq – aljiramoq – valdiramoq – sannamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchli ifodalanishiga ko‘ra)

2. G‘ijimoq – kavshamoq – oshalamoq – yemoq – tanovul qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)

4. Qimirlamoq – siljimoq – sudralmoq – emaklamoq
Ma’nosiga ko‘ra
(harakatning tezligiga ko‘ra)

5. Ranjimoq – diqqat bo‘lmoq – xunob bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

6. Tinch – jim-jit – sokin – osuda
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.