1. 1. Joyidan qo‘zg‘almoq, siljimoq, surilmoq. Otaqo‘zi joyidan jilmadi, choyi sovib qolgan piyolani qo‘lida aylantirganicha o‘yga toldi. O. Yoqubov, Diyonat Necha soatdan beri o‘rnidan jilmay tik turgan Avaz beixtiyor bir qadam olg‘a bosdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik Yarim soatcha o‘tgandan keyin, mashina jildi. H. G‘ulom, Toshkentliklar
2. 2. Boshqa yerga ko‘chmoq, ketmoq. Daraxt bir yerda ko‘karadi Otang rahmatlik umr bo‘yi shu yerdan bir qadam jilgan emas edi. P. Tursun, O‘qituvchi
3. ko‘chma hma Yurishmoq, olg‘a bosmoq. Shu kurs bilan ishim oz-oz oldin jildi. G‘. G‘ulom
1. Jilmoq -qo‘zg‘almoq -o‘rmalamoq – yurmoq – yugurmoq – chopmoq – yelmoq Ma’nosiga ko‘ra (harakat tezligining oshib borishiga ko‘ra)