«Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk»–(Turkiy tillar sintaksisi javohirlari) Mahmud Koshg‘ariyning grammatik xarakterdagi asari. «Devonu lug‘otit turk»da muallif ayrim grammatik masalalar talqini xususida fikr ketar ekan, bu boradagi qarashlarining «Javohir un-nahv fi lug‘atit-turk» nomli asarida keltirilishiga ishora qilib ketadi. Ammo «Devonu lug‘otit turk»da muallif tomonidan tilga olingan bu nodir asar bizgacha yetib kelmagan.(q. Mahmud Koshg‘ariy)