1. So‘roqqa, murojaatga qaytariladigan gap; xat; tovush; imo-ishora va shu kabilar
Mujmal javob. Qat’iy javob. Qoniqarli javob. Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
Maqol
2. mat., fiz.Muayyan masala, misol yoki topshiriqning yechimi.
Ushbu masalaning javobi ikki yo‘l bilan topiladi.
gazetadan
3. Ruxsat, izn.
Mayli, ishingiz zarur bo‘lsa, sizga javob, do‘stim, ertagacha xayr.
K. Yashin, Hamza