Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {javlon}
So‘z bo‘g‘inlari: jav-lon
Izoh(lar)i:
javlon [jav-lon ]

1. yokiJavlon urmoq (qilmoq)

2. 1) hozirlik ko‘rmoq; otlanmoq; aylanmoq, sayr qilmoq. Malikayi ayyor, agar tursang so‘zing-da, Sening bilan yo‘lga javlon qilayin. Gulshanbog‘

3. 2) astoydil mehnat qilmoq; biror sohada o‘zini ko‘rsatmoq. Birov mehnat frontida javlon urib, ajoyib xotira qoldirsa, birov donishmand sifatida yodgor qoldiradi. N. Safarov, Olovli izlar

4. 3) o‘ynoqlamoq. U kuzini yumdi deguncha, xayolida qorabayir javlon qilar, taqalarining toshlarga urilib taqillashi quloqlariga eshitilayotganday tuyulardi. H. G‘ulom, Ma’shal;

5. 4) ko‘rinmoq, namoyon bo‘lmoq. G‘ulomjonning ko‘nglida yayragan quvonch bahori ko‘zlarida javlon urdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

6. Javlon (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.