1. Shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy; yara-chaqa.
Doktor nazoratida, kunlar o‘tgan sari jarohatdagi yallig‘lanish qaytib, oyog‘im yerdan yengil ko‘chadigan bo‘lib qoldi.
N. Safarov, Olovli izlar
2. ko‘chmaKatta zarar, ziyon-zahmat.
Biz misli ko‘rilmagan qisqa muddat ichida urushning og‘ir jarohatlarini tuzatib oldik.
Gazetadan
3. ko‘chmaAlam, iztirob.
Bu voqea Elmurodning dilida og‘ir jarohat qoldirdi.
P. Tursun, O‘qituvchi