Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jargon}
So‘z bo‘g‘inlari: jar-gon
Izoh(lar)i:
jargon [jar-gon ]

1. Biron ijtimoiy yoki professional guruhga xos, faqat ularning o‘zi tushunadigan va adabiy tildan farq qiladigan so‘z va iboralar. Chunki komediyaviy filmda har bitta arzimagan gapda ham biron ishora, majoziy ma’no, kesatiq, shartli til [jargon]ga xos unsur, piching va shu kabilar bo‘lishi mumkin. G‘. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Jargon – (fransuzcha g‘argon – «buzilgan til») ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibi. Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida guruhni tashkil etgan kishilarning ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida ishlatadigan so‘z jargon. Mas., programmist jargoni, talaba jargoni, aslzodalar jargoni, o‘g‘ri jargoni, artistlar jargoni va h: 1) talaba jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), vozdux (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), stukach (chaqimchi); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), krutoy (ketvorgan), risovka (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatib ketmoq (aldamoq). Adabiyotlarda jargon va argo talqinida ba’zan chegara sezilmaydi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.