Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jar}
So‘z bo‘g‘inlari: jar
Izoh(lar)i:
jar [jar ]

1. Chetlari o‘pirilgan chuqur soylik; chuqurlik. Azizbek sipohlari ila jarga tushdi va suv kechib, haligi tepaga yuzlandi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. jar I Ot
xabarni baland ovozda e’lon qilmoq

2. jar II Ot
chetlari o‘pirilgan soylik, chuqurlik

Paronimi: mavjud emas.

Jargon – (fransuzcha g‘argon – «buzilgan til») ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibi. Kasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida guruhni tashkil etgan kishilarning ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida ishlatadigan so‘z jargon. Mas., programmist jargoni, talaba jargoni, aslzodalar jargoni, o‘g‘ri jargoni, artistlar jargoni va h: 1) talaba jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), vozdux (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), stukach (chaqimchi); 2) yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), krutoy (ketvorgan), risovka (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatib ketmoq (aldamoq). Adabiyotlarda jargon va argo talqinida ba’zan chegara sezilmaydi.

1. jar soldi: 1)jarchi vositasida eshittirildi 2)keragidan ortiq darajada bo‘rttirib xabar tarqatdi

1. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

2. O‘jar – qaysar – tixir – battol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining kengn-torligiga ko‘ra)

3. O‘yiq – chuqur – jarlik
Ma’nosiga ko‘ra
(chuqurlik darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)

4. Sonor – jarangli – jarangsiz
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz ishtirokining kam-ko‘pligiga ko‘ra)

5. Tig‘ – pichoq – xanjar – qilich
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm- ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)

6. Yarali – yarador – jarohatli – majruh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.