Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jangovar}
So‘z bo‘g‘inlari: jan-go-var
Izoh(lar)i:
jangovar [jan-go-var ]

1. esk. q.Jangchi. Katta maydon jangovarlar bilan to‘la. Oybek, Navoiy

2. Urush, jangga oid, urush-jang bilan bog‘liq. So‘ngra uchinchi rota komandiriga o‘ng qanotdagi dushman rotasining jangovar pozitsiyasini aniqlashni buyurdi. I. Rahim, Chin muhabbat

3. Janglarda chiniqqan, urush-janglarda o‘zini ko‘rsatgan; shijoatli. Jangovar yigitlarning tantiligi ularga juda qimmatga tushib ketdi. M. Osim, Karvon yo‘llarida

4. ko‘chmaKundalik, har doimgi; faol; otashin. Adolatning: O‘zimizni ishda ham ko‘rsataylik, degan so‘zlari brigada qizlarining jangovar shiori bo‘lib qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat

5. Juda muhim, tez fursatda bajarilishi zarur. Kiyem Simferopolni ozod qilish uchun jangovar topshiriq oldi. T. Rustamov, Mangu jasorat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.