Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jamoa}
So‘z bo‘g‘inlari: ja-mo-a
Izoh(lar)i:
jamoa [ja-mo-a ]

1. Qishloq, mahalla va uning aholisi. Do‘stmat pulni sanab, cho‘ntakka solmasdanoq, jamoada har bir oilaning tuynugidan chiqadigan tutunga qarab, qozonda nima qaynayotganini sezadigan xumkalla ellikboshi yetib keldi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. esk.Qishloq kengashi. Dadamni ikki marta jamoa chaqirtirdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

3. Muayyan, bir xil ish bajaruvchi kishilar guruhi. Ikki-uch yildan beri uylariga kun sayin sovchilar jamoasi yog‘ilib yotganligidan, bu sovchilar ham o‘shalarning birisidir, deb o‘ylagan edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Xaloyiq, birodarlar. Tilovat so‘ngida yurt mo‘ysafidlaridan biri o‘rnidan turdi: — Jamoa, Asqar oqsoqol qanday odam edi? —Rahmatli yaxshi odam edi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.