Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {jamalak}
So‘z bo‘g‘inlari: ja-ma-lak
Izoh(lar)i:
jamalak [ja-ma-lak ]

1. Qiz bolalarning hali uncha o‘smagan, yoyilib ketmasligi uchun, paxta pilik qo‘shib o‘rilgan sochlari. U [Ra’no] quloqlari ustidagi jamalak sochlarini likillatib, apil-tapil oq paqirchadagi sutni tovoqlarga quyayotibdi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

2. folk.Soxta kokil. Kal qiz ham, qirqta qizni o‘ziga yollab olib, qora iplardan orqasiga jamalak qilib, bu ham mis patnislarga solib, ko‘tartirib jo‘nadi. Murodxon

3. shv.Sochga taqiladigan ziynat asbobi; sochpopuk.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.