1. Odam va hayvonlarda kallaning tishlar o‘rnashgan suyagi Vakil qulochkashlab jag‘imga urdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. Oyoq kiyimining yuzi bilan tagcharmi birlashgan yeri, old yonlari. U o‘zining paxtasi oqib yotgan qizil chit to‘ni, jag‘i ajralgan kavushi, piltalari chiqib ketgan do‘ppisi bilan boshqa bolalardan ajralib turardi. Oydin, Hikoyalar
3. Ba’zi asboblarning qisadigan, kesadigan qismi. Ombir jag‘i. Qaychi jag‘i. gazetadan
4. Kishi, odam; nonxo‘r. Bir ishlovchiga uch jag‘ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik. H. Nu’mon va A.Shorahmedov, Ota Bir ishlovchiga uch jag‘ edik, boyga ortiqchalik qilib qoldik. H. Nu’mon va A.Shorahmedov, Ota
1. abjag‘i chiqdi: qattiq jarohatlandi, ishdan chiqdi