1. Abjaq bo‘lmoq – majaq bo‘lmoq – dabdala bo‘lmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)
2. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)
3. Ajib – ajab – ajoyib – qiziq – g‘alati
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish uslubining ko‘p-ozligiga ko‘ra)
4. Asabiy – tajang – jizzaki
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilish doirasining keng-torligiga ko‘ra)
5. Aytishmoq – koyishmoq – janjallashmoq – yoqalashmoq – do‘pposlashmoq – yoqa vayron bo‘lishmoq – qoniga belanishmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda bo‘yog‘ining kuchiga ko‘ra)
6. Azob – aziyat – jabr – jafo – ozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)
7. Botir – jasur – dov yurak – qo‘rqmas – mard – yovqur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
8. Chiroyli – go‘zal – husnli – xushro‘y – ko‘rkam – barno – suluv – zebo – sohibjamol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
9. Ega – xo‘jayin – xo‘ja – sohib
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishning oz-ko‘pligiga ko‘ra)
10. Hamal – Savr – Javzo – Saraton – Asad – Sunbula – Mezon – Aqrab – Qavs – Ja’di – Dalv – Hut
Ma’nosiga ko‘ra
(burjlar ketma-ketligiga ko‘ra)
11. Hamma – barcha – bari – butun – bor – jami – butkul – tamom – bor-yo‘q.
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)
12. Iliq – issiq – jazirama.
Ma’nosiga ko‘ra
(haroratning oshib borishiga ko‘ra)
13. Jahl – achchiq – g‘azab – qahr – nafrat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
14. Janjal – to‘polon – g‘alva – mojaro – mashmasha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini kuchli ifodalashiga ko‘ra)
15. Jilmaymoq – kulimsiramoq – iljaymoq – irjaymoq – tirjaymoq – ishshaymoq – irshaymoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(kulish harakatidagi salbiylik belgisining kuchliligiga ko‘ra)
16. O‘jar – qaysar – tixir – battol
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining kengn-torligiga ko‘ra)
17. O‘yiq – chuqur – jarlik
Ma’nosiga ko‘ra
(chuqurlik darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)
18. Oddiy askar – kichik serjant – serjant – katta serjant – kichik leytenant – leytenant – katta leytenant – kapitan – mayor – polkovnik – general-marshal – general-mayor – general-polkovnik – generalissimus
Ma’nosiga ko‘ra
(unvon darajasining katta-kichikligiga ko‘ra)
19. Ogohlantirmoq – tanbeh bermoq – jazolamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini keng-tor darajada ifodalashiga ko‘ra)
20. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
21. Ozor – azob – iztirob – jabr
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)
22. Qaror – azm – jazm
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanishining oz-ko‘pligiga ko‘ra )
23. Sonor – jarangli – jarangsiz
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz ishtirokining kam-ko‘pligiga ko‘ra)
24. Tezlashmoq – jadallashmoq – ildamlashmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining tor-kengligiga ko‘ra)
25. Tig‘ – pichoq – xanjar – qilich
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm- ko‘lamining katta-kichikligiga ko‘ra)
26. Tortishuv – janjal – g‘alayon – qo‘zg‘olon – urush
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha belgisini tor-keng ifodalashiga ko‘ra)
27. Vaysamoq – vaqillamoq – javramoq – to‘ng‘illamoq – ming‘illamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining oz-ko‘pligiga ko‘ra)
28. Yarali – yarador – jarohatli – majruh
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)
29. Yomg‘ir – jala – sel
Ma’nosiga ko‘ra
(yog‘in shiddatiga ko‘ra)
30. yuz – chehra – jamol – diydor – oraz – uzor – ruxsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)