Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iztirob}
So‘z bo‘g‘inlari: iz-ti-rob
Izoh(lar)i:
iztirob ot

1. Ruhan ezilish, siqilish holati; ruhiy azob. Og‘ir o‘ylar iztirobidanmi, uyqusizlikdanmi lanj bo‘lib turdim. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sen shu kunlarda juda qattiq alam, iztirobdasan, asabing buzuq. Shuhrat, Shinelli yillar
Uni tanholik, g‘ariblik, yo‘qsizlik iztirobi kemiradi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: azob II [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ozor – azob – iztirob – jabr
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( belgini kuchli darajada ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.