Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iz} - lan ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: iz-lan-moq
Izoh(lar)i:
iz ot

1. 1. Biror narsa sathida (yuzasida) boshqa narsaning tegishi, bosilishi va shu kabilar natijasida undan qolgan, uni bildiruvchi aksi. Barmoq izi. Oyoq izi. G‘ildirak izi. [Sodiq:] Bo‘ynidan bo‘g‘ilgan. Bu yerda giyoh ham qolmabdi. Faqat mol tuyoqlarining tartibsiz izlari ko‘rinadi. I. Rahim, Chin muhabbat
[Nodir:] Panja izlari bor. N. Safarov, Hayot maktabi
Tunda qalin yoqqan qor izlarni berkitishga ulgurgan edi. Gazetadan

2. 2. Biror narsadan yoki kimsadan qolgan asar, belgi. Hamma yoqda dahshatli zilzila izlari ko‘rinadi: yiqilgan uylar, urilmagan devorlar, vayrona jinko‘chalar M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
— Samarqandda har qadamda asrlarning izi bor, — dedi Ahrorov. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Qotillar murdaning shag‘al tagida qolib ketib, umrbod izi yo‘qolishini mo‘ljallagandilar. Gazetadan
Rahim Saidov surishtirishga qaror qildi Balki izi chiqib qolar. O‘. Umarbekov, Yoz yomg‘iri

3. ko‘chma hma Biror narsaning (uni ifodalovchi) kichik bir aksi; nishonasi. Yuzida eski go‘zallikning izlari hali saqlangan qirq yoshli xotin mehribonlik bilan qiziga qaradi. Oybek, Tanlangan asarlar
yuzlarida tabassum izlari ko‘rina boshladi-yu, bir zumda tarqalib ketdi. Oydin, Hikoyalar

4. 4. Ma’lum yo‘nalishdagi harakat (yurish) tufayli yer sathida qoladigan uzun iz, yo‘l. U, o‘ng tomonga qiyshaygancha ingrab, tepalikka ko‘tarilayotgan mashina izidan odimlab ketdi. S. Karomatov, Oltin qum
Soylik daryoning bahorgi toshqin vaqtidagi izi bo‘lib, Kichik daryo nomini olgan, kichik daryo paydo bo‘lganda, haligi to‘qay orolga aylanar ekan. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. 5. Bosib o‘tilgan (o‘tilayotgan yoki kelinadigan) tomon, yo‘l. Poyezdning qorasi o‘chguncha, mo‘ltirab qarab turdim, keyin yig‘lab-yig‘lab, izimga qaytdim. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Izingda termilib qoldi keksa chol, Ko‘zda tavajjuhi, duosi tilda. A. Oripov, Yillar armoni
Ko‘zim izingga, qulog‘im tovushingga zor bo‘lib o‘tiribman. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

6. 6. Ish-harakat, faoliyatdagi yo‘l, yo‘nalish. Men ham siz o‘sha tasvirini qilgan tabarruk zotlar izidan boryapman. K. Yashin, Hamza
Bu uyda ikki xotin olish bir rasm bo‘lib qolgan ekan. Erim otasi, akasi izidan ketib, ustimga xotin olsa-ya. Oybek, Tanlangan asarlar

7. 7. Tramvay, poyezd va shu kabilar g‘ildiraklari ostiga (yurish uchun) yotqiziladigan maxsus qurilma. bu yigitlar olomonning oldiga tushib, temir yo‘lni bosdilar va bir soatda bir necha chaqirim temir yo‘lning iz va shpallarini buzib tashladilar. S. Ayniy, Qullar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: asar [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.