1. 1. Pastki jag‘ning har ikki tomoni quyilib kelib birlashgan joyi.
Iyagi cho‘zinchoq odam
▬
[Bozorboy] Poygakka cho‘kkalab, so‘ng bir qo‘li bilan soqoli maysa bo‘lib qolgan iyagini silab qo‘ydi.
P. Tursun, O‘qituvchi
— Kel, Said o‘g‘lim, — dedi Mo‘min amaki, iyagi burniga borib kelib uzum yer ekan.
E. Raimov, Ajab qishloq
2. 2. Pastki jag‘.
— Dadasi bo‘lsa, urushda — Xadicha ayaning iyagi qaltiradi.
H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Gulnoraning ochiq ko‘zlarida hayot nuri so‘ngandi. Ro‘mol tugunlarini yechib, iyagini bog‘ladim.
Gazetadan