Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iya}
So‘z bo‘g‘inlari: i-ya
Izoh(lar)i:
iya ys

1. s. T. Iye. Ha, nima bo‘ldi Iya, burningdan qon oqyapti-ya! P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

“At-tuhfat uz-zakiyatu fil-lug‘atit turkiya”XV asrning birinchi yarmida noma’lum muallif tomonidan Misrda yozilgan deb taxmin qilinadi. Asarning yagona qo‘lyozma nusxasi Istambulda Valiuddin afandi kutubxonasida saqlanmoqda.

«At-tuhfa» nomi bilan mashhur bu asarda qipchoq tili materiallari izohlanadi. Asar uch qism: kirish, lug‘at, grammatikadan iborat, qipchoq tili morfologiyasi va sintaksisi talqiniga keng o‘rin berilgan. Muallif arab tilshunosligini mukammal o‘rgangan olim, turkiy tildagi barcha grammatik kategoriya va shakllarni arab tilshunosligi atamalari vositasida izohlagan.

Bu nodir yodgorlik asrimizning 20-yillarida turk olimi Fuod Kupruluzoda tomonidan fanga ma’lum qilingan. Polyak, venger, turk olimlari mazkur asar asosida tadqiq ishlari olib borishgan. O‘zbek tiliga 1966- yilda S.Mutallibov tomonidan tarjima qilingan. Asarning mukammal ruscha nashri 1978- yilda E.Fozilov va M.Ziyayevalar tomonidan amalga oshirilgan. “At-tuhfa”da bayon qilingan ko‘pgina fikrlar hozirgi turkiyshunoslik uchun ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Turkiy tillarning tarixiy grammatikasini yaratishda “At-tuhfa”qimmatli manba bo‘lib xizmat qiladi.

 

Avstraliya tillari oilasiAvstraliya tub aholisi tillari. Papua, miriam va tasman tillari bundan mustasno. Tillarning umumiy soni 200 dan 600 gacha deb hisoblanadi. Avstraliya tillariquyidagicha tasniflanadi: 1) Shimoliy Kimberlin tillari (varoro, kokoyimidir va boshqalar.); 2) Janubiy-Sharqiy adabiy tillari (buandiq, kulin, kurpai va boshqalar.); 3) Markaziy Avstraliya tillari(parnkala, diyeri, aranta va boshqalar.); 4) G‘arbiy Avstraliya tillari(yungar, loritya va boshqalar.) hamda Kvinslent va Yangi Uels tillari. Ularning lug‘at tarkibi boy, ko‘p ma’noli so‘z ko‘p. Bugungi kunda Avstraliya tillarining ko‘pi yo‘qolib bormoqda.

 

B

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

Etimologiya tilshunoslik sohasi, unda so‘z va qo‘shimchaning kelib chiqishi o‘rganiladi. U yunoncha etymon «harakat» va logos «ta’limot» so‘zidan olingan. Mas., axborotso‘zining lug‘aviy mohiyatini anglash uchun xabar va axbor so‘zni qiyoslash lozim. Bu so‘zning har ikkisi ham arabcha, xabar bu – «ma’lumot yetkazish», «ma’lumot berish»; axbor esa xabar so‘zining ko‘pligi; -ot – arab tilida ismga qo‘shilib ko‘plik hosil qiluvchi qo‘shimcha. O‘zbek tilida xabar ham axborot ham birlikda, «xabar» ma’nosini anglatish uchun qo‘llanadi. Yoki bilakso‘zini olaylik. O‘zbek tilining eng qadimgi davrida, bundan o‘ttiz-o‘ttiz besh asr burun, oltoy tillari l belgili til hisoblanar edi. Shuning uchun hozirgi tilimizda iste’molda bo‘lgan ayrim o‘zak tarkibidagi r/z/d/t/sh/s undoshi o‘rnida l qo‘llangan. Bilak so‘zida esa bunday fonetik o‘zgarish sodir bo‘lmagan, unda eng qadimgi holat saqlanib qolgan. Hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z beshlik so‘zining o‘zgargan ko‘rinishi sifatida qo‘llanadi. Ko‘rinadiki, hozirgi tilimizda faol qo‘llanadigan so‘zning tarixi juda qadimgi zamonga borib taqaladi.

Maktab darsligiga etimologiyaga oid maxsus bo‘lim yoki mavzu kiritilmagan, lekin so‘zning etimologik xususiyati ustida bosh qotirish, so‘zning lisoniy-tarixiy qiyosi bilan shug‘ullanish qiziqarli.

So‘z va iboraning etimologik tavsifini o‘zlashtirish juda murakkab. Chunki buning uchun tilimizning nafaqat hozirgi belgisini, balki uning tarixini, tarixiy fonetik va grammatik qonuniyatini, shuningdek, qardosh til bilan umumiy xususiyatini, va hatto, tilni tarixiy-qiyosiy o‘rganish usulidan xabardor bo‘lishni talab etadi. Bundan tashqari, mazkur tilda so‘zlovchi xalq tarixini ham bilish zarur, chunki xalq tarixi bilan til tarixi chambarchas aloqadorlikda rivoj topadi.

So‘z, qo‘shimcha yoki ibora etimologiyasini taxminiy hamda noilmiy dalil asosida keltirib chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki taxminiy etimologiya ko‘p holda noto‘g‘ri yoki yolg‘on bo‘lib chiqadi. Mas., qaychi so‘zini so‘z tarkibi jihatidan tahlil etganda, shakl va ma’no nomutanosibligini sezish qiyin emas. Bu so‘zni zohiran qay- o‘zagi hamda -chi yasovchi qo‘shimchasiga ajratish mumkin. Biroq har ikki ma’noli qism ham shakl va ma’no jihatdan nomutanosib: qay- tarixan qiy- fe’lining fonetik o‘zgargan shakli (bu yerda ytovushiningr tovushiga almashishi natijasida qirq so‘zi yuzaga kelganligini ham aytib o‘tish lozim). -chi esa -g‘ich yasovchi qo‘shimchasining fonetik jihatdan ham o‘zgargan, ham qisqargan shakli.

Demak, har bir so‘zning etimologiyasini ongli ravishda idrok etish zarur, aks holda mohiyat noto‘g‘ri anglashilishi mumkin. O‘quvchi bilishi lozimki, etimologik talqin barcha so‘zga ham to‘g‘ri kelavermaydi. Unumli so‘z yasovchi orqali hosil bo‘lgan so‘zga bu tahlil mos tushmaydi, chunki bu yerda mohiyat so‘zning morfemik tuzilishida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham ishchi, ochqich, to‘plam, o‘rin, o‘sma, suvoq, qatlama singari so‘zning hosil bo‘lish imkoniyati aniq. Bu tizimdagi so‘zni o‘quvchi o‘z idroki bilan talqin qila oladi va talqin qilishi kerak. Boshqa so‘zda esa etimologik talqin umuman boshqacha. Bunday so‘zda uning tarixiy taraqqiyoti leksik ma’nosining, grammatik yoki fonetik xususiyatining o‘zgarganligida aks etgan bo‘ladi. Bu uning kelib chiqishini tahlil qilish, tarixi va etimologik talqini bilan bog‘liq. So‘zning ichki shakli etimologik jihatdan bir qadar sodda. Masalan: kiyim – kiy so‘zidan; bu so‘zning dastabki ko‘rinishi kir- o‘zagi bilan bog‘liq, so‘zning keyingi tarixida r tovushi y ga aylangan; quduq quyi so‘zidan o‘sgan; o‘ra o‘y so‘zidan kelib chiqqan, o‘yiq, o‘ymoq (angishvona) so‘zi bir o‘zakdan yasalgan. to‘g‘ri tuz so‘zidan o‘sgan, tuzuk ham shu so‘zga o‘zakdosh.

 

Farqlash (differensiyalash) yozuvi talaffuzda birbiridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqi deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so‘z yoki qo‘shimcha yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi farqlash yozuvi deyiladi. Bu yozuv kam qo‘llanadi. Ayrim misol: 1) o‘zaro yaqin, shakldosh so‘zlar yozuvda (tutuq) belgisi yordamida farqlab qo‘llanadi: da’vo – davo, nash’a – nasha, she’r – sher, sur’at – surat, ta’qib – taqib; 2) ba’zi shakldosh so‘zlar talaffuzda urg‘u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so‘zlarga urg‘u belgisi qo‘yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul);3) liq/lik qo‘shimchasi: bo‘shlik – yuvosh, (ot) bo‘shliq – fazo (ot), otalik – otaliq; 4) lik/li qo‘shimchasi: paltoli – paltolik;5) chang/chanqo‘shimchasi: mahsichang – ishchan.

Finikiya yozuvieramizdan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalaridaFinikiyada paydo bo‘lgan hamda finikiyaliklar va karfagenliklar, qadimgi yahudiylar va moavliklar tomonidan eramizning IV asrigacha qo‘llangan undosh harfli yozuv.

Finikiya yozuvio‘ngdan chapga qarab yozilgan. Bu yozuvning paydo bo‘lishi insoniyat tarixida yozuvni takomillashtirishda olg‘a qo‘yilgan qadam bo‘lgan, chunki birinchi marta sof tovushni ifodalovchi mukammal yozuvining yuzaga kelishi savodli kishilar sonini behad ko‘paytirib yuborgan. Finikiya yozuvidan X–IX asrlarda oromiy, undan esa yahudiy, nabotiy, arab, gruzin, arman, so‘gd, uyg‘ur, XI–VIII asrlarda yunon, lotin, kirill alifbosi, brahma yozuvi kelib chiqqan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi harf-tovush tizimli alifbolarning aksariyati finikiya yozuvi asosida. Eng qadimgi yodgorliklari eramizdan avvalgi XII–X asrlarga, ko‘pchiligi eramizdan avvalgi V asrdan eramizning II–III asriga mansub. Oromiy yozuvi finikiya yozuvini siqib chiqargan.

 

Fonetik uslubiyatnutq tovushining to‘g‘ri/noto‘g‘ri qo‘llanishi, urg‘uning o‘rinli/o‘rinsiz berilishi e’tiborga olinadigan uslubiyat bo‘limi.Mas., nutq tovushining uslubiy xususiyati deganda quyidagilar e’tiborga olinadi: 1) asir, devon kabi so‘zdagi tovushning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi; 2) -da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘indan keyin yana shunday tovush bilan boshlanadigan so‘zni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zning gapda qo‘llanishi va vazifasi... kabi.Shuningdek, nutqda tovush tushirish, o‘rinsiz orttirish ham nutq go‘zalligini buzadi:Saodat – sodat, muallim – malim, daraxt – daraxitkabi.Shuningdek, o‘zga tildagi so‘zni noto‘g‘ri talaffuz qilish ham nutq go‘zalligini buzadi.Mas.,Moskvaso‘ziniMaskva, morfemaso‘zinimarfema, sintaksisso‘zinisintiksistarzida talaffuz etish lozim. Urg‘uning uslubiy xususiyati alohida ahamiyatga ega.Uni noto‘g‘ri qo‘yish nutq ko‘rkini buzadi va ko‘pincha so‘zning ma’nosini o‘zgartirib yuboradi. Shuning uchun, ayniqsa,chetdan o‘zlashgan so‘zning urg‘usini to‘g‘ri qo‘yish lozim. Mas., rektor, direktorkabi so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga urg‘u berish nutqiy qo‘pollikni keltirib chiqaradi.

Birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bo‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi: tepa sochi tikka bo‘ldi, sirkasi suv ko‘tarmaydi, o‘takasi yorildi, do‘ppisi yarimta, ikki gapning birida, boshga ko‘tarmoq va boshqalar. Shunday birlikni o‘rganuvchi soha – frazeologiya. Frazeologizmlar ibora, frazeologik birlik, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi. Frazeologizmlar tashkil etuvchilarga ko‘ra qo‘shma leksemalar, so‘z birikmasi va gaplarga o‘xshaydi. Biroq ular ko‘proq qo‘shma leksemalar kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizmlar lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo‘lgan umumiylik tabiatiga ega bo‘ladi va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Frazeologizmlar lug‘aviy birlik bo‘lganligidan u nutq jarayonida gaplar tarkibida bir mustaqil so‘z kabi harakat qiladi- bir gap bo‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi: 1.Madamin bo‘yniga qo‘yilgan aybnomadan tamom hovuridan tushdi. (P.Turs.) 2.Stol yoniga kelguncha uning boshi aylanib ketdi (S.Zun.). 3. Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqaradigan bunday hodisalar hali ham onda-sonda ro‘y berib turibdi.(“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”). 4.Kavushini to‘g‘rilab qo‘yish kerak. (As.Mux.) 1- va 2- gaplarda frazeologizmlar gap markazi-kesim mavqeida, 3-gapda so‘z kengaytiruvchisi aniqlovchi va 4- gapda butun bir egasiz gap vazifasida kelgan.

Frazeologizmlar tashqi ko‘rinishi jihatidan so‘z birikmasi va gap ko‘rinishida bo‘ladi. So‘z birikmasi ko‘rinishidagi frazeologizmlar: ko‘ngli bo‘sh, enka-tinkasini chiqarmoq, jig‘iga tegmoq, bel bog‘lamoq, kir izlamoq, terisiga sig‘may ketmoq va hokazo. Gap tipidagi frazeologizmlar «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsulidir: istarasi issiq, ichi qora, labi-labiga tegmaydi, ko‘ngli ochiq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq, kapalagi uchib ketdi, po‘konidan yel o‘tmagan, tepa sochi tikka bo‘lmoq va hokazo.

Ayrim leksik birliklar frazeologizmlarning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: dardisar, toshbag‘ir, boshog‘riq. Demak, leksemalar hosil bo‘lish manbalaridan biri frazeologizmlar.

Frazeologizmlar, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi va harakat bildiruvchi so‘z turkumlariga mansub. Fe’l turkumiga mansub frazeologizm: me’dasiga tegmoq, yaxshi ko‘rmoq, holdan toymoq, sabr kosasi to‘lmoq, tepa sochi tikka bo‘lmoq, og‘ziga talqon solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq; sifat turkumiga mansub frazeologizm: ko‘ngli bo‘sh, rangi sovuq, yuragi toza, avzoyi bejo, dili siyoh, kayfi buzuq; ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda ham, miridan-sirigacha, ha-hu deguncha; so‘z-gaplarga mansub frazeologizm: turgan gap, shunga qaramay, katta gap.

Frazeologizmlar leksik birliklar kabi qo‘llanish darajasi nuqtayi nazaridan ham tasnif qilinadi. Bunga ko‘ra, umumiste’mol frazeologizmi (holdan toymoq, shunga qaramay, ro‘yobga chiqmoq) va qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm farqlanadi. Qo‘llanilishi chegaralangan frazeologizm qo‘llanilish davri (eskirgan va zamondosh) va doirasi (dialektal, ilmiy, badiiy so‘zlashuv) bilan ham ma’lum bir tafovutga ega. Eskirgan frazeologizm: alifni kaltak demoq, aliflayloni bir cho‘qishda qochiradigan, dastin aliflom qilib, kallasini xam qilib, yeng silkitmoq; dialektal frazeologizm: alag‘da bo‘lmoq (xavotir olmoq) ko‘ngli tob tashladi (ezildi), halak bo‘lmoq (ovora bo‘lmoq), qumortqisi quridi (intiq bo‘lmoq); ilmiy frazeologizm: nazar tashlamoq, ko‘zga tashlanmoq, chambarchas bog‘lanmoq, to‘g‘ri kelmoq, imkoniyatlar doirasi, qulay qurshov; badiiy frazeologizm: sabr-kosasi to‘lmoq, og‘zining tanobi qochmoq, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqmoq, qildan qiyiq axtarmoq, six ham kuymasin, kabob ham, boshida yong‘oq chaqmoq; so‘zlashuv frazeologizmi: arpasini xom o‘rmoq, yerga urmoq, yuragi qon, ko‘zi tor, ko‘zi och, boshi ochiq. Frazeologizmning aksariyati badiiy va so‘zlashuv nutqiga xos.

Frazeologizm ham, xuddi so‘z kabi, shakl va ma’no butunligiga ega. So‘zning shakliy tomoni tovushdan iborat bo‘lsa, frazeologizmning shakliy tomonini so‘z tashkil etadi: rahmdil (r+a+h+m+d+i+l) – ko‘ngli bo‘sh (ko‘ngli+bo‘sh) xursand (x+u+r+s+a+n+d) – boshi osmonga yetdi (boshi+osmonga+yetdi).

Frazeologizm tarkibidagi so‘z ma’no butunligiga ega emas. Frazeologizm so‘z yig‘indisining ko‘chma ma’nosiga asoslanadi. Shuning uchun frazeologizm tarkibidagi bir necha so‘z bir butunligicha gap bo‘lagi vazifasida keladi: Ko‘z ochib-yumguncha necha ming piyoda va suvoriy kishilar paydo bo‘ldi. (A.Qah.) Ko‘z ochib-yumgunchafrazeologizmining ma’nosi «juda tez» va gapdagi vazifasi – payt holi.

Lug‘aviy birlik sifatida frazeologizm so‘zga xos bir qator xususiyatga ega.

Frazeologizmning ma’no tarkibi. Frazeologizmning ma’no tarkibi frazeologik va qo‘shimcha ma’nodan iborat. Frazeologizmdan anglashiladigan belgi, miqdor va harakat kabilar haqidagi ma’lumot frazeologik ma’no deyiladi. Mas., Qizim boshimni osmonga yetkazdi(A.Qah.). Endi to‘rtinchi rotani ham ratsiya bilan ta’min qilsak, oshiq olchi bo‘lardi (I.Rah.). Birinchi gapda harakat («juda xursand qildi»), ikkinchisida belgi («juda yaxshi») ifodalangan. Bu frazeologik ma’no. Frazeologizmlarning atash ma’nosi biror so‘zning atash ma’nosiga teng, lekin qo‘shimcha ma’nosi so‘zda ko‘pincha bo‘lmaydi yoki iboranikidan kuchsiz bo‘ladi. Mas., xufiya so‘zi va yeng ichida frazeologizmining atash ma’nosi bir xil. Ammo frazeologizmda uslubiy va hissiy ma’no mavjud. Frazeologik ma’no obrazli va jozibali bo‘ladi. Shu xususiyati bilan leksik ma’noli so‘zdan farqlanadi. Chog‘ishtiring: xufiya – yeng ichida, beqiyos – yer bilan osmoncha, xursand – og‘zi qulog‘ida.Ayrim frazeologizm bildirgan ma’noni bir so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi: Qildan qiyiq topib, janjal chiqarardi, qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarib qo‘ydi. Frazeologik ma’no frazeologizm tarkibidagi biror so‘zning ko‘chma ma’nosiga asoslanishi (shirin so‘z, achchiq gap, ishning ko‘zi, gapning tuzi) yoki tarkibidagi qismlarning umumiy ma’nosiga tayanib ko‘chma ma’no ifodalashi mumkin (og‘zi qulog‘ida, bel bog‘lamoq, og‘iz ochmoq, tili tutildi, temirni qizig‘ida ur). Yoxud tarkibidagi qismning ma’nosiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan ma’no anglatadi (boshi osmonga yetdi, tepa sochi tik bo‘ldi, yulduzni benarvon uradi, yuragiga qil sig‘maydi). Frazeologizm tarkibidagi so‘z boshqa oddiy birikmadagi so‘zga shaklan o‘xshab qolishi mumkin: 1.Qodirqul mingboshining bundaqangi ishlarga suyagi yo‘q (H.Hak.). – Bu go‘shtning suyagi yo‘q. 2.Mirzakarimboyning qo‘li uzun, bu ishlarni uddalaydi (Oyb.). – Basketbolchining qo‘li uzun edi. Bunday holda frazeologik ma’no matnga qarab aniqlanadi. Frazeologizmning qismi qat’iy bir qolipga kirib ketganligi uchun uni bir tildan ikkinchi tilga so‘zmaso‘z tarjima qilib bo‘lmaydi. U tarjima fikr chalkashligiga olib keladi.

Frazeologizmning ham so‘z kabi shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turi mavjud.

Tilimizda shunday qo‘shimchalar mavjudki, ular umumiy belgilari - muayyan vazifa va ma’nosiga ko‘ra bir tizimga birlashsa, xususiy belgilari bilan bir-biridan zidlanib turadi. Yaqin ma’noli bunday shakllar tizimiga grammatik kategoriya deyiladi. Mas., kelishikning 6 ta shakli bo‘lib, ularning barchasi ismlarni keyingi so‘zga bog‘lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash umumiyligi bilan birlashsa, qaratqich kelishigi ismni ism bilan, tushum kelishigi ismni fe’l bilan, jo‘nalish kelishi ismni fe’l yoki ism bilan aloqasini ta’minlashi hamda gapdagi mavqelarini belgilashi bilan farqlanadi.

Ayni paytda o‘zbek tilida egalik, kelishik, son, daraja, nisbat, bo‘lishsizlik, harakat tarzi, o‘zgalovchi, kesimlik (zamon, mayl, shaxs-son) kategoriyalari ajratiladi.

Leksikografiya, ya’ni lug‘atshunoslik lug‘at va uning turi, turli lug‘at yaratishning nazariy masalasini o‘rganadi.

            Lug‘atshunoslik.Lug‘atshunosliklug‘at tuzishning nazariy va amaliy masalalari bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslk sohasi. O‘zbek lug‘atshunosligi katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Ko‘p tomli «O‘zbekiston ensiklopediyasi», ikki va besh tomli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», o‘zbek tili frazeologiyasi, terminologiyasi, kasb-hunar leksikasi, Navoiy asarlari tilining lug‘ati va boshqa sohalar bo‘yicha ham qator lug‘atlar yuzaga keldi. «O‘zbek tilining morfem lug‘ati» yangi tipdagi lug‘at sifatida yaratildi. O‘zbek lug‘atchiligining rivojlanishida, ayniqsa, A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin, V.V.Reshetov, O.Usmonov, R.Doniyorov, Z.Ma’rufov, Sh.Rahmatullayev, S.Akobirov, G.Mixaylov kabi olimlarning xizmati katta bo‘ldi. Bugungi kunda maktab o‘quvchilari uchun “Ona tili” darsligiga yordamchi manba sifatida yaratilib, “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilayotgan “O‘zbek tilining ma’nodosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining zid ma’noli so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘zlar darajalanishi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘z tarkibi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘zlashma so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining so‘zlar birikuvchanligi o‘quv lug‘ati”, “O‘zbek tilining eskirgan so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tili iboralarining o‘quv izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv etimologik lug‘ati”, “O‘zbek tilining o‘quv toponimik lug‘ati”, “O‘zbek tilining talaffuzdosh so‘zlar o‘quv izohli lug‘ati” kabi o‘nlab o‘quv lug‘ati ham o‘zbek lug‘atchiligi yutug‘i.

Leksikologiya(yunoncha lexis – so‘z, logos – ta’limot) «so‘z haqida so‘z», «so‘z haqida ta’limot» demakdir. So‘zning lug‘aviy ma’nosi, lug‘aviy ma’no turi, so‘zning shakl va ma’no munosabati, lug‘at tarkibidagi faol va nofaol so‘z, tarixiy jihatdan o‘zbek tili leksikasi, so‘zning hissiy va uslubiy xususiyati kabini o‘rganadi. So‘zda qanday lug‘aviy ma’no munosabati bo‘lsa, barchasini leksikologiya tekshiradi. Anglashiladiki, leksikologiya – tilning so‘z boyligi, lug‘at tarkibi, so‘zning lug‘aviy ma’nosi, so‘z ma’nosining o‘zgarishi, ya’ni kengayishi, torayishi va ko‘chishi, so‘zning shakli va ma’no munosabati, qo‘llanish davri va doirasiga ko‘ra turini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi soha. Leksikologiya semasiologiya, frazeologiya, etimologiya, leksika kabi sohani o‘z ichiga oladi. 1. Semasiologiya so‘zni ma’no jihatdan o‘rganadi. Unda so‘zning ma’no turi, lug‘aviy va grammatik ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, o‘z va ko‘chma ma’no kabilar tadqiq qilinadi. 2. Frazeologiya ibora va uning ma’no tarkibi, turi kabilar bilan shug‘ullanadi. 3.Etimologiya so‘zning kelib chiqishi masalasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yasama, qo‘shma va xorijiy tildan o‘zlashtirilgan so‘z bilan ham qiziqadi. Etimologiya so‘zning har ikki tomoni – ya’ni shakli va ma’nosini hisobga oladi. 4. Leksika tildagi so‘zning lug‘at tarkibini – o‘z va o‘zlashgan qatlam, faol va nofaol so‘z, so‘zning qo‘llanish davri va doirasiga ko‘ra turini o‘rganadi. Bundan tashqari, leksikologiya onomasiologiya, toponimika, onomastika kabi bo‘limni ham o‘z ichiga oladi. Bu bilan ko‘pincha tilshunoslik mutaxassisi shug‘ullanadi. Leksikologiya tilshunoslikning boshqa bo‘limlari bilan bevosita bog‘langan. Tovush bo‘lmasa, so‘z bo‘lmaydi. Bu leksikologiyaning fonetikaga aloqasini ko‘rsatadi. So‘z bo‘lmasa, grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas. Bu leksikologiya va morfologiya aloqasiga dalil. So‘zni nutqda maqsadga muvofiq qo‘llash nazarda tutilsa, leksikologiya uslubiyat bilan ham uzviy bog‘lanadi. Demak, leksikologiya tilning barcha bo‘limi bilan uzviy aloqador.

 

Metonimiya (metonimia– «yangi nom qo‘yish», «nomni o‘zgartirish», «qayta nomlash») –bir narsa va hodisaning nomini makon va zamondagi o‘zaro bog‘liqligi asosida ikkinchisiga ko‘chirish usulu. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqeahodisaning nomini aytganda shunga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkinchisi anglashiladi. Bunda o‘xshashlik nazarda tutilmaydi. Boshqacha aytganda, ikkita birbiriga bog‘liq predmet, belgi, holatdan birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi. Mas., Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yig‘lab qichqirdi (H.Olim.) gapida Fuzuliy va asar (Fuzuliyning kitobini oldim qo‘limga) bir-biriga bog‘liq, tejash uchun kitob so‘zi tushirib qoldirilgan. Natijada Fuzuliy so‘zi shaxs ma’nosini emas, kitobso‘ziga xos ma’noni ifodalagan. Metonimiya turli ko‘rinishda bo‘ladi: 1)  o‘ringa munosabatiga ko‘ra: bir stakan (suv) ichdim, bir tarelka (ovqat) yedim, qishloq uyquda; 2) vaqtga ko‘ra: o‘nga(yosh) kirdim, yarim yillik (imtihon) topshirildi; 3) muallif va asar orasidagi munosabatga ko‘ra: Pushkinni (asar) o‘qidim va hokazo. Metonimiya asosidagi ko‘chma ma’no – fikrni lo‘nda va ta’sirchan bayon qilish vositasi.

Morfologiya (morpheva logos– "shakl haqidagi fan") – grammatikaning so‘z turkumi, unga xos grammatik kategoriya va grammatik shakl, bu shaklni hosil qilish yo‘li va vositasini o‘rganuvchi tarkibiy qismi.

Morfologiyaning obyekti, asosan, so‘zning shakl yasalishi masalasi. So‘zning shakl yasovchi qo‘shimcha va nomustaqil so‘zni olishi shakl yasalishi, o‘zgarishi deyiladi. Mas., kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan, kitob uchun, kitob bilanso‘zlari kitob so‘zining kelishik qo‘shimchasi va ko‘makchi asosidagi o‘zgarishi.

Orfoepiya(yunon.orphos – to‘g‘ri, epos – nutq)– adabiy tilning og‘zaki shakli talaffuz me’yorini o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. To‘g‘ri talaffuz, avvalo, shaxsning madaniy yetukligidan dalolat beradi. Og‘zaki nutqda har xil talaffuz qilinadigan tovush, qo‘shimcha va so‘zlardan adabiy til uchun qabul qilingan bittasi to‘g‘ri talaffuz me’yorihisoblanadi. Mas., o‘zbek shevasida bir so‘z turlicha talaffuz qilinadi: yo‘q – jo‘q, ko‘z – go‘z, ota – ata, aka – oka, anor – onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo‘shimchasi shevada -yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shaklida qo‘llanadi: boryapti, boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor, boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan.

Orfoepiyaning yuzaga kelishida orfografiya va xalq og‘zaki nutqining talaffuzi asos qilib olinadi. Adabiy talaffuz me’yorlarini o‘rganish orfoepik qoida va orfografik lug‘at orqali amalga oshiriladi. (q. Orfoepik lug‘at). Orfoepiyaorfografiya bilan zich bog‘langan. Biroq talaffuz hamma vaqt ham yozuv bilan teng kelavermaydi. Jumladan, yozuvda bor ayrim tovush sezilar-sezilmas aytilishi, umuman tushirilishi yoki, aksincha, orttirilishi mumkin. Nutqda tovush almashtirilishi ham ko‘p uchraydi. Mas., adabiyochchi (adabiyotchi), badbax (badbaxt), ussum (uch so‘m), issiz (izsiz), xursan (xursand), go‘sh (go‘sht), bo‘sa (bo‘lsa), kesa (kelsa) kabi. Bular yozuv bilan mos kelmasa-da, adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi. Lekin oshshi (oshni), ishshi (ishni), yuzzi (yuzni), o‘tta (u yerda), aqqa (u yoqqa), baqqa (bu yoqqa) kabi so‘zlarda adabiy me’yordan chekinish ro‘y bergan. O‘zbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalarini unli talaffuzi, undosh talaffuzi, asos va qo‘shimcha talaffuzi hamda boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘z talaffuzi tarzida o‘rganish mumkin.

  Orfoepik lug‘at. Orfoepik lug‘atso‘zning to‘g‘ri adabiy talaffuzini ko‘rsatadi. Bunday lug‘at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va U.Usmonova tomonidan «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» nomi bilan 1977 yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan «O‘zbek adabiy talaffuz lug‘ati» 1984- yilda nashr qilingan. Birinchi lug‘atda o‘zbek tilida faol qo‘llanadigan 8000 ga yaqin so‘z, ikkinchisida esa 20 000 dan ortiq so‘z va so‘z shaklining adabiy-me’yoriy talaffuzi belgilab berilgan, ba’zi so‘z va grammatik shaklning talaffuzidagi noto‘g‘ri ko‘rinishi inkor qilinib, uning to‘g‘ri aytilishi ko‘rsatilgan.

 

Orfografiya – (yunon. orphos - «to‘g‘ri”, grapho – “yozmoq») – so‘z o‘zaknegizi va qo‘shimchasini yagona tarzda yozish haqidagi qoidalarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos, orfoepiya va alifbo (grafika) bilan uzviy bog‘liq. Bu bo‘limda so‘zning tovush tarkibi, so‘z va uning morfologik tarkibi imlosi, qo‘shib yoki ajratib yozish, bosh harflarni qo‘llash qoidalari, bo‘g‘inga ajratish, satr ko‘chirish qoidalari o‘rganiladi. Orfografiya qoidalari til va jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda yangilanib borishi mumkin. O‘zbek yozuvi uchun hozirga qadar ikki marta imlo qoidasi tasdiqlangan: 1. 1956- yil kirill yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvi imlo qoidalari. 2. 1995- yil 24- avgustda lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi imlo qoidalari.

            Orfografiya tamoyili. O‘zbek yozuvi besh tamoyil asosida ish ko‘radi: 1) fonetik yozuv; 2) morfologik yozuv; 3) shakliy yozuv; 4) tarixiy-an’anaviy yozuv; 5) farqlash yozuvi.

Bu tamoyillar yozilishi va talaffuzi muvofiq kelmaydigan holat uchun ishlatiladi. Mas., kitob so‘zining talaffuzida btovushi ptarzida eshitiladi. Demak, so‘zdagi tovushning asli va talaffuzi farq qilganligi va so‘z o‘zlashma bo‘lganligi uchun imloda shakliy yozuv qoidasiga tayaniladi. Yokimenso‘ziga-ningqo‘shilganda asl holat menning bo‘lishi kerak edi. Talaffuz esa mening ko‘rinishida. Demak, bunda tovushni tushirib yozishga asos bo‘lgan qoidaga tayaniladi. Talaffuzi va imlosi bir xil so‘zga yozuv qoidasi ishlatilmaydi.

Punktuatsiya – tilshunoslikning tinish belgisini ishlatish qoidasini o‘rgatuvchi bo‘limi. Lotincha punktum – nuqta, kichkina dog‘. Punktuatsiya uch narsani anglatadi: 1) alifboga kirmaydigan grafik belgilar majmui; 2) yozma matnni punktuatsion jihatdan me’yorga soluvchi qoidalar majmui; 3) tinish belgilarini ishlatish qoidalarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi.

Tinish belgilari taraqqiyoti turli tillarda turlicha bo‘lgan. Hozirgi punktuatsion tizim G‘arbiy Yevropa tillarida XV–XVI asrlarda, rus yozuyida XIX asrning ikkinchi yarmida, o‘zbek yozuvida lotin imlosiga ilk o‘tilgandan keyin shakllandi. Arab imlosi bilan ish ko‘rganda o‘zbek tili arab tiliga xos ishoraviy belgilardan foydalangan.

Tinish belgilari soni ham har xil tillarda o‘ziga xos. Ingliz tilida tutuq belgisi va chiziqcha ham tinish belgisi hisoblanib, ularning jami soni 12 ta bo‘lsa, o‘zbek tilida jami 10 ta tinish belgisi mavjud: vergul, nuqtali vergul, nuqta, ikki nuqta, ko‘p nuqta, ko‘proq belgisi, tire, undov belgisi, qavs, qo‘shtirnoq.

Punktuatsiyatilning sintaktik sathi bilan zich bog‘langan. Tinish belgisi yozma nutq birligi bo‘lgan gapning to‘g‘ri anglashilishini ta’minlaydi.

O‘zbek tili punktuatsiyasini takomillashtirishda tilshunoslarimiz H.G‘oziyev, S.Ibrohimov, G‘.Abdurahmonov va K.Nazarovning xizmati katta.

Semasiologiya, asosan, so‘zning ma’no jihatinio‘rganadi. Unda so‘zning ma’no turi, lug‘aviy va grammatik ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, o‘z va ko‘chma ma’no kabilar tadqiq qilinadi. Semasiologiya asosiy diqqatni ikki tomonli (shakl+ma’no) til birliklarining ma’no tomoniga qaratadi. Semasiologiya so‘zlarni o‘rganganda leksikologiya, qo‘shimchalarni o‘rganganda morfemika va morfologiya, erkin birikmalarni o‘rganganda sintaksisga muvofiq keladi.

 

Tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligini tilning istalgan sathida kuzatishimiz mumkin. Albatta, bundan yangi so‘zlarning hosil bo‘lishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi «So‘z yasash» bo‘limi ham mustasno emas. Yasalma so‘zlarning so‘z yasalish strukturasi hamda har bir tilga xos so‘z yasash vositalari tizimi tarixan o‘zgaruvchan. Shunga ko‘ra, bu sathda diaxroniyava sinxroniyaaniq farqlanishi lozim. Xo‘sh, bu atamalarda qanday ma’no mujassamlashgan? Til taraqqiyotining ma’lum davrida so‘zlar qanday hosil bo‘lganligini, uning dastlabgi holati, so‘z yasalishi qurilishida bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘rganuvchi soha diaxroniyayoki tarixiy so‘z yasalishideyiladi. Til taraqqiyotining hozirgi bosqichida so‘z yasash tizimini sinxroniya yoki hozirgi so‘zyasalishio‘rganadi.

Diaxroniya va sinxroniyao‘zaro bir-biriga mos kelishi ham, mos kelmasligi ham mumkin. Chunonchi, o‘zbek tilidagi xazinachi, suvchi (Izoh: -chiaffiksi bilan ot yasalishi turkiy tillarda qadimdan mavjud va u qadimgi yodgorliklar tilida ham aks etgan. (q. Mahmud Qoshg‘ariy. Devoni lug‘otit turk. II tom, -Toshkent, 1961. 54-bet), vafosiz, sensiz (q. Alisher Navoiy. Muhokamatul lug‘atayn. Tanlangan asarlar, III tom. -Toshkent, 1948.) so‘zlarida sinxronik so‘z yasalishi strukturasi diaxronik so‘z yasalishi strukturasiga mos keladi.

Ammo o‘zbek tilidagi yumsha, yurak, yuksak so‘zlarining tuzilishi diaxronik aspektda yum+sha, yur+ak, yuk+sa+k shakliga ega bo‘lsa-da, sinxronik aspektda bir o‘zak sifatida qaraladi. Chunki sinxronik aspektda ularning yum, yur, yuk so‘zlari ma’nosi bilan bog‘lanishi sezilmaydi.

Diaxronik va sinxronik so‘z yasalishi o‘zaro dialektik bog‘liq. Til taraqqiyotining har bir bosqichida mavjud qoliplar asosida yangi so‘zlar yasalishida yasaluvchi so‘zning boshlang‘ich so‘z yasalishi strukturasi emas, o‘sha davrdagi sinxronik so‘z yasalish strukturasi muhim. Chunonchi, hozirda rus tilida eng sermahsul hisoblanadigan -niksuffiksi tarixan qayta bo‘linishga uchragan, diaxronik aspekt uning asl shakli -ikbo‘lganligini ko‘rsatadi. Demak, svetnik, oxotnik so‘zlarining sinxronik so‘z yasalish strukturasi diaxronik so‘z yasalish strukturasiga mos kelmaydi. Biroq -niksuffiksi hozirda yangi so‘zlar yasashga xizmat qilmoqda: gradusnik, plotnik kabi.

Odatda, har qanday yasalma ikki a’zoli bo‘ladi: asos va formant. Birinchi yasalma bilan semantik bog‘lanishda bo‘lgan qism, ikkinchisi esa farqlovchi qism. Mas., sinfdosh so‘zining semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan qism sinf va bu so‘zni farqlovchi qism -dosh shakli. Yasaluvchi so‘z bilan yasalgan so‘zning ma’nolarida bog‘lanish bo‘lishi sinxronik so‘z yasalishining asosini tashkil etadi.

 

So‘z turkumlari orasida ko‘chish hodisasi – muayyan bir turkumga mansub so‘zning boshqa turkumga xos ma’noviy va sintaktik belgiga ega bo‘lishi. O‘zbek tilida boshqa turkumga ko‘chgan yoki ko‘chishga shay turgan so‘zlar talay, bu so‘zning ayni paytda qaysi turkumga kirishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun:

a) vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish;

b) butunlay boshqa turkumga ko‘chish

farqlanadi.

Vaqtincha boshqa turkum vazifasini bajarish nutqiy, bunda nutqiy ko‘chma ma’no ifodalanadi. Mas., Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur qil gapida son turkumiga mansub bir so‘zi vaqtincha ot turkumi vazifasida kelmoqda.

Butunlay ko‘chishda so‘z bir turkumdan boshqa turkumga butunlay o‘tib ketadi. Butunlay ko‘chish deyarli barcha mustaqil so‘zlar doirasida, hatto yordamchi so‘zlarda ham kuzatiladi:

1. Otga o‘tgan: a) sifat: yigit, qiz, o‘g‘il, qari, er, xotin, ko‘r, issiq-sovuq(issiq-sovug‘idan xabar olmoq), achchiqchuchuk, yosh- qari, yosh-u qari, quyuq-suyuq, ko‘k(osmon, nasha, dollar) ("siyoh" so‘zi ham aslida sifatdan ko‘chgan); b) fe’l: yel, shish, yuq, ich, ko‘ch, qir, chaqirdi, chorladi, ko‘rdi, keldiketdi, qo‘ydichiqdi, oldiberdi, oldisotdi; mindimindi(bolalar o‘yinining nomi), bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit, ursur, baqirchaqir, yasantusan, supursidir, yuguryugur oldiqochdi(gap), kuydipishdi (ayol), iliguzildi (vaqt), ichakuzdi (hangomalar), supraqoqdi (farzand, ya’ni so‘nggi farzand) kabi sodda, qo‘shma, juft va takroriy fe’l; b) fe’lning harakat nomi shakli: kengash, kurash, o‘qish, yozish, o‘tmish, qilmish, qidiruv, o‘ynash, saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov, tanlov, tintuv, maqtov, tergov, to‘lov, o‘quv, chanqov, qalov, qarov, to‘ntarish, o‘zgarish, qiziqish, o‘qish, o‘tirish, qarash (vzglyad), muyulish//burilish, burilish ("o‘zgarish" ma’nosida), yozuvchizuv, yurishturish, borishkelish, bosartusar, ko‘rolmaslik, kiraverish; v) fe’lning sifatdosh shakli: o‘qituvchi, bog‘lovchi, kuzatuvchi; g) son: uch, yetti, yigirma, qirq, to‘qqiz; d) taqlid: ququ (qush), dudut (engil mashina), popop (asli: poppop tikuv mashinasi), tutu (tovuq), patpat (mototsikl), shapshap (magazkushak), shaqshaq (qushning nomi).

  1. Sifatga o‘tgan:a)fe’l: daydi, qari, och, chalkash, yanglish, tutash, aralash.b) fe’lning sifatdosh shakli: kelajak, bo‘lajak; v) ot: tilla, kumush, taxta (tilla uzuk, asal bola), moshguruch, yo‘lyo‘l, rangbarang, xilmaxil.g)olmosh:manman.
  2. Olmoshga o‘tgan: a) ot: odam, kishi, inson (zerikib ketdi odam (men), hayron qolasan kishi (men), dardimni eshitadigan inson (hech kim) topilmadi);b)son: bir (bir kishi (kimdir); v) sifat: ba’zi (ba’zilar (allakimlar) unday deydi, ba’zilar bunday).

4. Ravishgao‘tgan: a) fe’lning sifatdosh shakli: charchamasdan (ishlaysan), o‘ylamasdan (gapirdi), indamasdan, bilinar-bilinmas; b) fe’lning ravishdosh shakli: osha, o‘ta, ura, qayta, qo‘yarda-qo‘ymay, ura-sura; v) ot: erta, indin, kecha, kech, kechqurun, savat-savat, navbatma-navbat.

5. Yuklamaga o‘tgan: a) son: bir;b) sifat:yakka, yolg‘iz.

6. Modalga o‘tgan: a) ot: haqiqatdan, chamasi, mazmuni; b) sifat: yaxshi, so‘zsiz, tuzuk, to‘g‘ri, tabiiy; d) olmosh: qani, qalay;

7. Bog‘lovchiga o‘tgan: a) son: bir; b) ravish:ba’zan;b) yuklama: ham;d) ko‘makchi: bilan.

8. Ko‘makchiga o‘tgan: a) ot: ost, ust, old, orqa, tomon, tag, tepa, ich, ora, qosh, lab, yoqa, og‘iz; b) fe’lning ravishdosh shakli: qarab, boshlab, ko‘ra, deya, deb, o‘xshab; d) sifat: tashqari, boshqa, bo‘lak, o‘zga; e) ravish: avval, oldin, ilgari, keyin, so‘ng.

Sanalganning ayrimi bugungi kunda boshqa turkumga butunlay o‘tib bo‘lgan bo‘lsa, ayrimi hali o‘tish bosqichida. Mas., mavjud grammatikalarda son turkumining tasnifiy belgisi sanalar ekan, predmetning sanog‘i, tartibini bildirishi, qancha, nechta, nechanchi so‘rog‘idan biriga javob bo‘lishi, ot turkumiga mansub so‘z bilan erkin aloqada bo‘lishi va gapda, asosan, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelishi ta’kidlanadi. Jamlovchi son shakli bu talabga to‘la javob berolmaydi. Ayni paytda jamlovchi sonning -ov, -ala, -ovlon, -ovlab, -ovlashib shakli ajratiladi. Qayd etilgan shakldan -ovlab, -ovlashib shakli, bizningcha, jamlovchi son shakli emas, balki jamlovchi sondan yasalgan fe’lning ravishdosh shakli: ikki+ov+lash+ib.

Asosiy shakl sifatida -ov, -ala, -ovlon ko‘rsatkichlari ajratilishi mumkin. Ma’lumki, bundan -ov, -alashakli boshqa son ma’no turidan farqlanib, deyarli har doim egalik shakli bilan qo‘llanadi. -ovlon shaklli jamlovchi sonning atash ma’nosi bugungi kunda miqdor emas, balki «qanchadir miqdordagi shaxs» deb qaraladi: Oltovlon (olti kishi)ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. -ov, -ovlon shakli barcha sonlar kabi ot bilan birikmaydi, gapda sifatlovchi aniqlovchi vazifasida kelmaydi, sonning so‘rog‘iga javob bo‘lmaydi, barcha son o‘zaklaridan jamlovchi son hosil qilinmaydi. U ko‘proq otga xos belgiga ega. -ala shakli esa sonlik belgisini ham o‘zida birmuncha saqlab turibdi: uchala bola ham qo‘shni qishloqdan ekan. Jamlovchi son shaklidagi ma’no taraqqiyoti quyidagicha:

-ala -ov -ovlon

Ko‘rib o‘tilganidek, bular orasida -ala shaklida sonlik belgisi birmuncha saqlangan, -ovlon shaklida otlik belgisi kuchaygan. -ov shaklida sonlik ham, otlik ham mushtarak. Demak, jamlovchi sonning -ov va -ovlon shakllari ayni paytda otga ko‘chishni «boshidan kechirmoqda».

 

 

Uslubiyat – nutq uslubi va uning turi, til vositasining nutqda qo‘llanish imkoniyati, leksik, frazeologik va grammatik sinonimiya masalasini tekshiradi va o‘rgatadi.

1. ahamiyat bermoq: zarur, foydali deb qarab diqqat qildi

2. aziyat chekmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

3. aziyat tortmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

4. aziyat yetkazmoq: 1.shikast yetkazmoq 2.xafa qilmoq, ranjitmoq.

5. hamiyatiga tegmoq: hamiyat

6. kayfiyati buzildi: kayfiyati yomonlashib, xafa bo‘ldi

7. ko‘zi qiyadi?!: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

8. ko‘zi qiyarda-qiymay: 1)ko‘ngilchanlik tufayli botinolmaslik 2)rahmdillik bilan ayagani tufayli tashlab ketolmaslik 3) ko‘ngil tortar narsasidan voz kecha olmaslik

9. miyasi aynidi: fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

10. miyasi g‘ovlab ketdi: o‘ylayverib gangidi

11. miyasi qotdi: o‘ylayverib gangidi

12. miyasida danak chaqdi: ortiq darajada azobladi

13. miyasidan kechdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

14. miyasidan o‘tdi: 1)o‘z hayotida ko‘rdi 2)ma’lum bir muddat fikrladi

15. miyasiga keldi: o‘yladi, idrok qildi, fahmladi

16. miyasiga qurt tushmoq: miyasi aynimoq

17. miyasini achitdi: me’yoriy fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

18. miyasini qoqib, qo‘liga berdi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

19. miyasini qotirdi: astoydil o‘yladi, chuqur fikrladi

20. miyasini yedi: miyasi ishlamay qoldi, fikrlash qobiliyatini yo‘qotdi

21. quloq–miyasini yedi: so‘rayverib miyasini charchatdi, sergapligi bilan bezdirdi

22. ta’ziya bildirmoq: Marhumning yaqin kishilariga, odatda, ta’ziya kunlari ayti-ladigan so‘zlar bilan hamdardlik bildirmoq, tasalli bermoq

1. Adabsiz – tarbiyasiz – axloqsiz
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini keng ifodalashiga ko‘ra)

2. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

3. Aql – fahm – tamiz – es – miya – bosh – kalla
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ijobiy-salbiylik belgisiga ko‘ra )

4. Azob – aziyat – jabr – jafo – ozor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

5. Buzilmoq – sinmoq – avariya bo‘lmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(zarar darajasining ortiqligiga ko‘ra)

6. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

7. Dilogiya – trilogiya – tetralogiya – epopeya
Ma’nosiga ko‘ra
(hajm-ko‘lamining oshib borishiga ko‘ra)

8. Kayfiyat – kayf – avzo
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

9. Lahza – on – soniya – daqiqa – soat – kun – sutka – hafta – oy – yil -asr – era.
Ma’nosiga ko‘ra
(vaqt miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

10. Nomusli – hayoli – oriyatli – andishali – iboli
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorlik belgisining ortib borishiga ko‘ra)

11. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq
Ma’nosiga ko‘ra
(tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

12. Rota – qism – dviziya – qo‘shin – armiya
Ma’nosiga ko‘ra
(tarkib miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

13. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

14. Yig‘ilish – majlis – qurultoy – konferentsiya
Ma’nosiga ko‘ra
(miqyos kengligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.