Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ixtiyorsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: ix-ti-yor-siz
Izoh(lar)i:
ixtiyorsiz sf

1. Xohish-ixtiyordan tashqari; beixtiyor, g‘ayriixtiyoriy. Ixtiyorsiz harakat. U [Sobiraxon] nima to‘g‘ridadir o‘ylar, ixtiyorsiz bo‘lsa kerak, allaqanday hazin kuyni burni bilan kuylab borar edi. A. Qahhor, Xotinlar
Ixtiyorsiz quyilib kelgan qaynoq ko‘z yoshlarini Gulnor ba’zan zo‘rg‘a yashirar, ba’zan yashirishdan ojiz qolardi. Oybek,Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: beixtiyor [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.