1. Ilm-fan, texnika, san’at sohalarida har bir mustaqil kasb; mutaxassislik; kasbiy malaka.
Mehnatga, ixtisos orttirishga, ixtisoslarni egallashga odmiroq, jo‘nroq, soddaroq qarashga o‘rganib qolganmiz.
Gazetadan
Universitetni bitirgach, u ixtisosi bo‘yicha ishga kirdi.
Yoshlik
Kichkina Karimov oddiy ma’muriy xodimlikdan o‘z ixtisosini oshirish orqasida yaqinda tergovchilikka ko‘tarildi.
S. Abdulla, Kuyovlar, kelinlar