Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ivi} - r ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari Sintaktik shakl yasovchi ) - sira - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-vir-si-ra-moq
Izoh(lar)i:
ivi fl

1. Suv yoki boshqa suyuqlikni emib, shimib ho‘l bo‘lmoq, nam tortib yumshamoq; bo‘kmoq. Suvda ivigan non. Kiyimlarim yomg‘irda ivib ketdi. Sulton tovoqdagi qaymoqni shimib, ivib qolgan non burdalarini lunjiga to‘ldirib chaynay boshladi. H. G‘ulom, Mash’al
Safarov, papiros naychasining ivigan joyini tishi bilan uzib, puflab tashladi-da, o‘ychan javob berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 1. Quyulib qolmoq, quyuq tortmoq, quyuqlashmoq (qon haqida). Qayerda-dir tomsa tomchi qon, Sening yuragingda iviydi. U. Qo‘chqorov, Hayajonga ko‘milgan dunyo

3. 2. Qatiqqa aylanmoq (sut haqida); uyimoq. Och uyda qatiq ivimas. Maqol

4. 3. Buzilib, aynib qolmoq, chirib tushmoq. Sut ivib qolibdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.