Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ivi} - r ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi;Zamon qo‘shimchalari ∈ Sintaktik shakl yasovchi ) - si ( Egalik qo‘shimchalari ∈ Sintaktik shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi ∈ Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-vir-si-moq
Izoh(lar)i:
ivi fl

1. Suv yoki boshqa suyuqlikni emib, shimib ho‘l bo‘lmoq, nam tortib yumshamoq; bo‘kmoq. Suvda ivigan non. Kiyimlarim yomg‘irda ivib ketdi. ▬ Sulton tovoqdagi qaymoqni shimib, ivib qolgan non burdalarini lunjiga to‘ldirib chaynay boshladi. H. G‘ulom, Mash’al
Safarov, papiros naychasining ivigan joyini tishi bilan uzib, puflab tashladi-da, o‘ychan javob berdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 1. Quyulib qolmoq, quyuq tortmoq, quyuqlashmoq (qon haqida). Qayerda-dir tomsa tomchi qon, Sening yuragingda iviydi. U. Qo‘chqorov, Hayajonga ko‘milgan dunyo

3. 2. Qatiqqa aylanmoq (sut haqida); uyimoq. Och uyda qatiq ivimas. Maqol

4. 3. Buzilib, aynib qolmoq, chirib tushmoq. Sut ivib qolibdi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.