Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isyonkor}
So‘z bo‘g‘inlari: is-yon-kor
Izoh(lar)i:
isyonkor sf

1. Isyon ko‘taruvchi yoki isyon ko‘targan; isyonchi, qo‘zg‘olonchi. Davlatning yaxlitligini saqlab qolmoq uchun isyonkor va makkor o‘g‘liga qarshi yurish qilishdan boshqa iloji qolmadi [Ulug‘bekning]. Mirmuhsin, Me’mor
Chor hokimiyati isyonkor fuqarodan shafqatsiz ommaviy qasos oldi. N. Safarov, Olovli izlar

2. Isyonga chorlovchi, isyonga da’vat etuvchi. Isyonkor shoir. ▬ Olovday qizib turgan miyasida isyonkor fikrlar tug‘yon qilardi. O. Yoqubov, Qanot juft bo‘ladi
Lekin shoirning isyonkor ovozini tindira olmadi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.