Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isyon}
So‘z bo‘g‘inlari: is-yon
Izoh(lar)i:
isyon ot

1. 1. Sinfiy, milliy, huquqiy manfaatlarni himoya qilib ko‘tariladigan qo‘zg‘olon; g‘alayon. Bu [isyon] — ulug‘ xalq isyoni, bu — asrlardan buyon davom etgan jabrga, qullikka qarshi mustamlaka kambag‘allarining qo‘zg‘oloni, dahshatli zarbasi edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Qarshilik, norozilik bilan qo‘zg‘aluvchi, tug‘yon uruvchi his-tuyg‘u. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo‘lishi kerak. Gazetadan
Zulm, taxtga qarshi isyon Sharq ko‘ksida to‘lib toshdi. G‘ayratiy
yuragida yig‘ilgan hamma dard-u sitamlari, hamma alam, hamma isyonlarini to‘ksa arziydigan qasosli onlar keldi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.