1. Dam olish, hordiq chiqarish; hordiq.
U [Sidiqjon] istirohat chog‘larida ro‘para kelgan to‘pga qo‘shilib, xursandchilik qilar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Bu ov Avazga katta istirohat baxsh etdi.
J. Sharipov, Xorazm
G‘ulomjon, uzoq yillar og‘ir yotib turgan kasalday, bahor va yoz pallalarini qishloqda istirohat bilan o‘tkazdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.