1. 1. Muhtoj bo‘lmaslik (ehtiyoj sezmaslik) his-tuyg‘usi, shunday his-sezgili munosabat, holat.
Egasining odamgarchiligi har qancha katta bo‘lganda ham, mehmonlaring istig‘no va vijdon doirasidan chiqmasligi lozim.
A. Qodiriy, Obid ketmon
2. 2. Go‘zal qiliq bilan tortinish; noz.
Nuqra Davronning o‘ziga qadalib turgan ko‘zlariga: Menga munaqa qaramang, deganday istig‘no bilan boqdi-yu, barmoqlarini silkitgancha, daraxtlar orasiga sho‘ng‘ib ketdi.
S. Karomatov, So‘nggi barxan
— Bas, bas-e! — deb Qirmizxon istig‘no bilan chimirildi.
N. Aminov, Yolg‘onchi farishtalar