Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {iste’mol}
So‘z bo‘g‘inlari: is-te’-mol
Izoh(lar)i:
iste’mol ot

1. Iqtisodiy-maishiy ehtiyojlar uchun ishlatish; qo‘l-lash, foydalanish. Keng iste’mol mollari. Iste’moldagi so‘zlar. ▬ Tilimizdagi ba’zi bir so‘zlar davrlar o‘tishi bilan eskirib, iste’moldan chiqib ketadi. O‘zbek tili darsligi
Ehtimol, g‘ijjak va g‘ijjaksimon sozlarning dunyodagi barcha xalqlar musiqiy iste’molida keng tarqalganligi Gazetadan

2. Yeyish-ichish; qabul qilish. Go‘sht iste’mol qilmoq. Dori iste’mol qilmoq. ▬ A’zolarning o‘z iste’mollari uchun ekilgan mayda ekinlari ham chakki emas. A. Qodiriy, Obid ketmon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Umumiste’mol so‘z–qo‘llanish doirasi chegaralanmagan umumxalq ishlatadigan leksika. Hamma uchun tushunarli, atamalar, dialektizmlardan farqlanadi.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yemoq – tanovul qilmoq – iste’mol qilmoq – totmoq – olmoq – tushirmoq – urmoq – xam qilmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanish doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.