Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {issiqxona}
So‘z bo‘g‘inlari: is-siq-xo-na
Izoh(lar)i:
issiqxona ot

1. 1. Hammomning terlatadigan darajada isitiladigan alohida xonasi. Yaqinginada yuz va sochlarini silab esgan shabada hozir susayib, havo hammomning issiqxonasidagiday dim bo‘lib qoldi. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar

2. 2. O‘simlik yoki hayvonlarni sovuq vaqtda parvarishlash uchun quyosh nuri bilan isitiladigan maxsus oynavon qurilma, bino. Parniklar va issiqxonalarda yetishtirilgan ertangi sabzavot. Goh idorada, goh laboratoriyada, goh o‘simlik, gullar o‘stirilayotgan issiqxonada to‘qnash kelib qolishsa, rasmiygina salomlashib o‘tishadi. S. Nurov, Narvon
Qo‘shni mahalladagi issiqxona egasi oltmish ming so‘m oylik bermoqchiligini aytdi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.