Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {issiqlik}
So‘z bo‘g‘inlari: is-siq-lik
Izoh(lar)i:
issiqlik ot

1. 1. Issiq holat (daraja). Qum barxanlari silsilasi uzra jimirlab harorat ko‘tarilar — bu yerda issiqlik juda baland bo‘lishiga qaramay, Me’mor qiynalmay nafas olar edi. Mirmuhsin, Me’mor

2. ayn. yn. Issiq 1. Reaktorda bo‘ladigan issiqlikni chiqarib tashlash uchun ikki konturli sistema qo‘llanadi. Fan va turmush
Kumush issiqlik va elektrni boshqa metallarga qaraganda yaxshi o‘tkazadi, yorug‘likni yaxshi qaytaradi. Gazetadan

3. 3. Xalq tabobatida: yuqori kaloriyali taom, yegulik-ichkiliklar (qazi, palov, shirinlik va boshqalar) Yalpiz. Issiqlik siqib chiqarilgan seliga picha sirka qo‘shib ichilsa, ichki a’zolarda sodir bo‘ladigan qon quyulishini to‘xtatadi. K. Mahmudov, Ko‘kda gap ko‘p
Sharq xalqlari orasida ovqatlarni issiqlik va sovuqlik deb bo‘lib ham yuritiladi. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish

4. tib. ib. Qattiq terlash va terning sekin bug‘lanishi oqibatida yoki birorta kasallik tufayli terida paydo bo‘ladigan toshma, pufakchalar. Bolaning badaniga issiqlik toshibdi.

5. ko‘chma hma Yaxshilik, foyda, yorug‘lik. Dehqon bundan issiqlik chiqishiga ishonchini yo‘qotgach, asabiylashgan holda qichqirdi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.