1. 1. Issiq va sovuq; har xil darajadagi havo sharoiti.
O‘lim yetib keldi. U eng avval suyaklari juda mo‘rt va etlari issiq-sovuqqa chiniqmagan go‘dakni nishonga oldi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Och qolib, issiq-sovuq demay kurashganimizni farovon turmushni orzu qilganimizni xotirlashdi.
K. Yashin, Hamza
2. 2. Ko‘chma Hayotning yaxshi-yomon, og‘ir-yengil kunlari, har xil sharoitlari.
Yusufbek hojining: — O‘g‘lim yosh, sen dunyoning issiq-sovug‘ini totigan va mening ishongan kishimsan — deb ta’kidlashi quloqlari ostida takrorlangandek bo‘lar edilar.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
[Boshliq] Qirq beshlar chamasida, ancha pixi qayrilgan, issiq-sovuqni boshdan kechirgan.
S. Abdulla, Kuyovlar, kelinlar
3. 3. Issiq va sovuq taomlar, kundalik yeyiladigan, ichiladigan narsalar.
Temir polvonning o‘g‘il-qizlari ahyon-ahyon uning issiq-sovug‘idan xabar olib turishardi.
Q. Kenja, Notanish gul
4. etn. tn. Kishini go‘yo biror kimsaga isitadigan yoki undan sovitadigan amal, duo va shu kabilar narsalar.
Dala-yu dashtlarda odamlarni kuf-suf qilib, ezibichki yozib berib, issiq-sovuq qilib, binoyidek tirikchilik qilib yuribman.
G‘. G‘ulom, Shum bola
Keyingi qildirgan issiq-sovug‘i kor qildi, shekilli, birato‘lasiga Marg‘ilonni tiliga olmayoq qo‘ydi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar