Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ispan}
So‘z bo‘g‘inlari: is-pan
Izoh(lar)i:
ispan ot

1. 1. Ispaniya tub aholisining nomi.

2. 2. Ispan xalqiga mansub. Ispan tili. Ispan ayoli.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ispan til Hind-Yevropa tillari oilasining roman tillari guruhiga mansub. Ispan tilida 320 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi (1990- yilgi ma’lumot). Ispaniya va Lotin Amerikasidagi 19 mamlakatning rasmiy tili. Shuningdek, Peruda kechua, Boliviyada kechua va aymara, Puerto-Rikoda ingliz tili bilan birga qo‘llanadi. Filippin va va AQSHning janubi-g‘arbida ham tarqalgan. Jonli lotin tili asosida shakllangan, ko‘p dialektli, lug‘ati tarkibida arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar anchagina. Ispan adabiy tiliga kastil dialekti asos qilib olingan. Shuning uchun bu til XV asrgacha “kastil tili” deb ham atalgan. Ispan tiliga oid dastlabgi yozuv namunalari X–XI asrga oid rasmiy hujjatlarda uchraydi. Ispan tilitovush qurilishi uchun 5 unli, diftong va triftonglar xos. Urg‘uning o‘rni qat’iy emas. Ot va sifat turlanmaydi, jins va son kategoriyalari, artiklning 3 turi (aniq, noaniq va nol) mavjud. Faqat kishilik olmoshlari turlanadi. Gapda so‘zlar tartibi nisbatan erkin. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Ispan tili– BMTning olti rasmiy va ish yuritish tilidan biri.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.