Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isi} - t ( Fe’l so‘z yasovchi So‘z yasovchi;Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-sit-moq
Izoh(lar)i:
isi fl

1. 1. O‘ziga issiqlik olib, harorati ko‘tarilmoq. Suv isidi. Pechka qizib, uy yaxshi isidi. Havo hali isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim, formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tushdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. ko‘chma hma Ko‘ngli tortmoq, rag‘bati, muhabbati oshib, yaqinlik sezmoq; ko‘ngli ilimoq. Endi xotiniga isib, mehmonxonada yotishni ham barham bersa. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yo‘ldoshning oldiga kirib o‘tsam, Jamilaxonning boshi ko‘kka yetar. Zora-mora menga ko‘ngli isib qolsa o‘g‘limning ham baxti ochilardi, — dedi Saltanat. B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.