Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {isitma}
So‘z bo‘g‘inlari: i-sit-ma
Izoh(lar)i:
isitma ot

1. 1. Organizmning, gavda harorati ko‘tarilganda namoyon bo‘ladigan, zararli agentlar (kasalliklar qo‘zg‘atuvchi omillar)ga nisbatan himoya-moslashuv reaksiyasi, uning natijasida yuzaga keluvchi harorat. Isitmani o‘lchamoq. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Maqol
— Xayriyat, onangizning ahvoli ancha tuzuk bo‘lib qoldi, isitmasi ham qaytdi, — dedi otasi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. s. t. t. Badanda harorat bilan o‘tadigan ba’zi kasalliklarning (masalan, bezgak, tifning) xalq orasidagi umumiy nomi. Qumqishloq dehqonlarini qadimdan qiynab kelgan botqoqlarni isitma, bezgak o‘choqlarini quritish uchun bir necha chaqirim uzunlikda zovur qazish kerak. H. G‘ulom, Mash’al

3. etn. tn. Kishining dilini o‘ziga yoki boshqaga moyil etish maqsadida qilingan amal. Issiq so‘zim — isitma, sovuq so‘zim — sovutma. Maqol

4. sft. ft. Isitilgan. Isitma osh.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.