1. 1. O‘ziga issiqlik olib, harorati ko‘tarilmoq.
Suv isidi. Pechka qizib, uy yaxshi isidi.
▬
Havo hali isimagan bo‘lsa ham, xomsemiz hokim, formasining ko‘krak tugmalarini yechib tashlab, yelpinishga tushdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. ko‘chma hma Ko‘ngli tortmoq, rag‘bati, muhabbati oshib, yaqinlik sezmoq; ko‘ngli ilimoq.
Endi xotiniga isib, mehmonxonada yotishni ham barham bersa. A.
Qodiriy, O‘tgan kunlar
Yo‘ldoshning oldiga kirib o‘tsam, Jamilaxonning boshi ko‘kka yetar. Zora-mora menga ko‘ngli isib qolsa o‘g‘limning ham baxti ochilardi, — dedi Saltanat.
B. Rahmonov, Qilmish-qidirmish