Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: ish-siz
Izoh(lar)i:
ishsiz sf

1. 1. Ish-yumushi, qiladigan ishi yo‘q; bekor(chi). Ishlining ishi bitar, ishsizning kuni o‘tar. Maqol
Yo‘q, yo‘q, bobojon, ishsiz qolsam, ichim tars yorilgudek bo‘laveradi. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli

2. 2. Ish, xizmat bilan ta’minlanmagan. Qahraton qish. Nima ko‘p — ishsiz ko‘p. Ish topish qiyin. Mardikorlik, dala ishlari yo‘q. Oybek, Tanlangan asarlar
Shaharlar, qishloqlar bir-biridan afzal emas, hamma och, hamma ishsiz. Oybek, Nur qidirib

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: bekor [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik shakli – harakatning tasdiq yoki inkorini ko‘rsatuvchi fe’l shakli.

Fe’llar bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi: keldi – kelmadi. Bo‘lishli fe’l harakatning tasdig‘ini bildiradi, maxsus ko‘rsatkichga ega emas: o‘qidi, o‘qib, o‘qigan, o‘qish. Bo‘lishsiz fe’l harakatning inkorini bildiradi. -ma shakli bilan hosil qilinadi: o‘qimadi, o‘qimay, o‘qimasdan, o‘qimas, o‘qimaslik.

Uslubiy belgilari.Fe’llarning bo‘lishli yoki bo‘lishsiz ekanligi nutqda -ma shaklini qo‘llanish-qo‘llanmasligi bilan belgilanmaydi. Nutqda bo‘lishsizlik kuchsizlanishi yoki bo‘lishlilik yo‘qolishi mumkin. Mas., Eshitganini aytmay-qo‘ymaydi (bo‘lishli); Sizni ketkizarmidik (bo‘lishsiz); U sho‘rlik qanday kunlarni ko‘rmadi? (bo‘lishli); Olasaaan (bo‘lishsiz); Bolani kim sevmaydi? (bo‘lishli).

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.