Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishrat}
So‘z bo‘g‘inlari: ish-rat
Izoh(lar)i:
ishrat ot

1. Kayf-safo, maishat bilan fahsh ishlar qilish. Yana yangi ovqatlar, ichimliklar, laganchalarda anor va olmalar keldi. Ishrat qizib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Ishrat kechalarining birida Hoji xola xo‘jasiga so‘nggi qadahni tutdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Bechora kanizak hukmdorning bir kechalik ishrati uchun qurbon bo‘lib ketdi. Mirmuhsin, Me’mor
Muhabbat birla chekkan g‘urbating rohat bilan tengdir. Muhabbatsiz va lekin ishrating kulfat bilan tengdir. E. Vohidov, Muhabbatnoma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.