Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishorat}
So‘z bo‘g‘inlari: i-sho-rat
Izoh(lar)i:
ishorat ot

1. esk. ayn. Ishora. Aminning ko‘z ishorati bilan yigitlar yuqori ko‘targan tayoqlarini qo‘ndirmasdan saqlab turdilar. S. Ayniy, Qullar
Yo‘lchi, Hambar uqtirgan ishoratlarni bir-bir ko‘zdan kechirib, so‘l yoqdagi boshi berk tor ko‘chaga kirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Abdurauf tunqotar dahlizga chiqib, o‘zini chetga olib turgan Sultonaliga, nima gap, degan ishoratini qildi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.