Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishora} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-sho-ra-la-moq
Izoh(lar)i:
ishora ot

1. 1. Ko‘z, qosh, qo‘l, bosh va boshqalar harakati bilan berilgan belgi, imo, shuningdek, gap bilan yashirin tarzda ifodalangan ma’no; shama. Ho‘kizga — turtki, donoga ishora kifoya. Maqol
Safarov ko‘z va qosh ishorasi bilan Samandarovga: Evida-da! Bu gaplar, bu muomala ortiqcha, deganday qildi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Mingboshi tomdagi karnaychilarga bas ishorasini qildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Zulfiqor ba’zan bu qiz nima demoqchi, deganday xayolga cho‘mar, Badianing xatti-harakatlari, qiliqlari, gaplaridagi ishora uni chuqur o‘ylashga majbur etardi. Mirmuhsin, Me’mor
Zumrad Mavlon Isayevichning ishorasini tushundi: Axir men tufayli kelding bu yerlarga, tentak. Bo‘lmasa, yurarding hozir dala kezib. S. Siyoyev, Otliq ayol

2. 2. Ma’lum ma’no ifodalovchi, vazifa bajaruvchi belgi, alomat. Trigonometrik funksiyalarning ishoralari. Ro‘zimboy akaning choyxonasida Ramazon no‘g‘ay o‘qiydigan gazetalarda nozik ishoralar bor edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Maktubdagi tushunish qiyin bo‘lgan nuqta va ishoralar yana bir qayta zahar sochib o‘tgandek bo‘ldilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.