Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ishon} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: i-shon-moq
Izoh(lar)i:
ishon fl

1. 1. Haqiqat, chin deb bilmoq. So‘ziga ishonmoq. Va’dasiga ishonmoq. Bunday yaxshilikni har kim ham qila oladi, Safar aka shuning uchun mirzaboshining qilgan yaxshiligiga men ishondim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Buning uchun yozuvchi o‘zi tasvirlayotgan voqeaga qattiq ishonishi kerak. S. Karomatov, Oltin qum

2. 2. Ishonch bilan qaramoq, ishonch bog‘lamoq; pand bermaydi, deb bilmoq. Bobur bu gal yana aldanmaslik uchun shahar ichidagi tarafdorlarining hech biriga xabar bermasdan, faqat o‘z kuchiga ishonib, tavakkal qilib keldi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Kuzning o‘zgaruvchan ob-havosiga ko‘pda ishonib bo‘lmaydi. Gazetadan
Shoir asr boshlarida yo‘q Yer yuzida tahqirlangan kishi qolmaydi, deb porloq kelajakka astoydil ishongan edi. Gazetadan
Hayot G‘ulomjonga ishonsa ham choh oldida turgan kishiday qo‘rqib, so‘radi: — Qayoqqa? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. 3. Umid bog‘lamoq, e’timod qilmoq; suyanmoq. Qomatiga ishongan — qaddini bukib ketadi, Ko‘pchilikka ishongan — maqsadiga yetadi. Maqol
Oyingning sendan umidi katta. Bor ishongani sen. O‘. Umarbekov, Odam bo‘lish qiyin
Kumush va onasining birdan-bir ishonganlari yana Hasanalining o‘zi edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.