1. 1. Ishonib bo‘lmaydigan; betayin.
Ishonchsiz kishi bilan ishlama, Ajablanib, bir kun tiling tishlama.
Maqol
U podshohni lashkar ichidagi ishonchsiz shaxslardan ogoh etar, ularni jallod qo‘liga topshirardi.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Umid-ishonchi yo‘q, ishonchsizlik ifodalovchi.
Do‘stining tashvishini ishonchsiz kulgi bilan yo‘qotishga tirishdi.
Oybek, Quyosh qoraymas
xuddi sahnaga birinchi bor chiqayotgan havaskor san’atkordek, ishonchsiz qadam bilan telefonga bordi.
F. Musajonov, Himmat